3-QADAM - Oyoqchalar balandligini o'zgartirish
Kir yuvish mashinasini o'rnatishda elektr manbaiga ulash vilkasi, suv quyish shlangi va suv chiqarish shlangidan osongina foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash kerak.
1.Kir yuvish mashinasini o'zingiz tanlagan joyga olib boring.
2.Gayka klyuchi yordamida barcha biriktirish gaykalarini bo'shating.
3.Barmoqlaringiz bilan oyoqchalarni kerakli yo'nalishda aylantirish orqali kir yuvish mashinasini tekislang.
4.Kir yuvish mashinasi tekis bo'lishi bilan gayka klyuchi yordamida biriktirish gaykalarini
qotiring.
DIQQAT: Biriktirish gaykalarini qotirmasdan turib kir yuvish mashinasini harakatlantirmang. Bu oyoqchalarga shikast yetkazishi mumkin.
4-QADAM - Suv quyish va suv chiqarish shlanglarini ulash
Suv quyish shlangini ulash
OGOHLANTIRISH: Bir nechta suv quyish shlanglarini birgalikda ulamang. Bu suvning oqib ketishiga va suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishiga olib kelishi mumkin. Agar shlang juda qisqa bo'lsa, shlangni uzunroq, yuqori bosimli shlang bilan almashtiring.
1.Sovuq suv quyish shlangining L shaklidagi nasadkasini mashinaning orqa tarafidagi sovuq suq quyish tirqishiga biriktiring. Keyin qo'llaringiz bilan (A) qismni soat mili yo'nalishida aylantirish orqali uni qotiring.
(*): Ixtiyoriy | A |
2. (B) adaptorni (C) suv quyish shlangining boshqa uchidan bo'shatib oling.
B
C
O’zbek - 15
02SOZLASH
6/23/2016 2:12:23 PM