ko‘rsatmalar bo‘yicha Xavfsizlik

Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar

Mahkamlash usuli yelimlovchi vositalardan foydalanishga mo'ljallanmagan, agar vositalar ishonchli mahkamlash vositasi hisoblansa, bundan mustasno. Foydalanish vaqtida pech issiq bo'ladi. Pech ichidagi isitish elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish kerak.

Foydalanish vaqtida tegish mumkin bo'lgan qismlar issiq bo'ladi. Yosh bolalardan uzoqroq saqlash kerak.

Agar qurilma bug‘li yoki o‘z-o‘zini tozalash funksiyasiga ega bo‘lsa, tozalashdan avval ortiqcha to‘kilgan narsalar olib tashlanishi va bug‘da tozalash yoki o‘z-o‘zini tozalash paytida barcha idishlar pech ichidan olib qo‘yilishi kerak. Tozalash funksiyasining mavjudligi modelga bog‘liq bo‘ladi. Agar bu qurilma o'z-o'zini tozalash funksiyasiga ega bo'lsa, o'z-o'zini tozalash vaqtida yuzalar odatdagiga qaraganda qattiqroq qizishi mumkin va bolalarni pechga yaqinlashishlariga yo'l qo'ymaslik kerak. Tozalash funksiyasining mavjudligi modelga bog‘liq bo‘ladi.

Faqat shu pech uchun tavsiya qilingan harorat datchigidan foydalaning. (Faqat sixli modelda)

Bug' yordamida tozalagichdan foydalanmaslik kerak.

Lampani almashtirishdan avval elektr toki urishini oldini olish uchun qurilmani albatta uzib qo'ying.

Pechning shishali eshikchasini tozalash uchun abraziv materiallar yoki o'tkir metall qirg'ichlardan foydalanmang, chunki ular shisha yuzasini tirnab qo'yishi, bu esa oynada darz paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.

4  O'zbek

Qurilma va tegish mumkin bo'lgan qismlar foydalanish vaqtida issiq bo'ladi.

Isitish elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish kerak.

8 yoshdan kichikroq bolalalarni, agar ular doimiy nazorat ostida bo'lmasalar, pechga yaqinlashtirmaslik lozim.

Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yoriq yoki ko'rsatma berilgan taqdirda va uning xavfini tushungan holda foydalanishi mumkin. Bolalar moslama bilan o'ynashi mumkin emas. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar tomonidan nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak.

Qurilma ishlayotgan vaqtda tashqi yuzalarning harorati baland bo'lishi mumkin.

Pech ishlayotgan vaqtda eshikcha yoki tashqi yuzalar qizib ketishi mumkin. Pech va uning tashqi simlarini 8 yoshdan kichik bo'lgan bolalarning qo'llari yetmaydigan tarzda saqlang.

Bu qurilma tashqi taymer yoki masofadan boshqarish pulti yordamida ishlatish uchun mo'ljallanmagan.

Iltimos, katta miqdordagi mahsulotlarni tayyorlaganda holatini saqlab qolish

uchun pechning orqa tarafiga bukilgan

yon ramani joylashtiring. (Modelga bog'liq)

NV70K1340BS_WT_DG68-00762A-01_RU+UK+KK+UZ.indb 4

 

 

2017-02-06 ￿￿ 3:04:28