Ushbu qo‘llanmadan foydalanish
SAMSUNG ichki qurilgan pechini tanlaganingiz uchun rahmat.
Bu qo'llanmada xavfsizlik bo'yicha muhim ma'lumotlar va qurilmangizdan foydalanish, unga texnik xizmat ko'rsatishda yordam berish uchun mo'ljallangan ko'rsatmalar mavjud.
Iltimos, pechdan foydalanishdan avval ushbu Foydalanuvchi qo'llanmasini o'qib chiqing va undan kelajakda foydalanish uchun saqlab qo'ying.
Bu foydalanuvchi qo‘llanmasida quyidagi belgilar ishlatilgan:
OGOHLANTIRISH
Jiddiy jarohat olish, o‘lim va/yoki mulkka shikast yetishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatar
va ehtiyotsizliklar.
DIQQAT
Jarohat olish va/yoki mulkka shikast yetishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatar va
ehtiyotsizliklar.
IZOH
Mahsulotni ishlatishga oid foydali maslahatlar, tavsiyalar yoki ma’lumotlar.
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Bu pechni o'rnatish faqat litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan bajarilishi kerak. O'rnatuvchi ushbu qurilmani asosiy elektr tarmog'iga xavfsizlik bo'yicha tegishli tavsiyalarga amal qilgan holda ulash uchun javobgardir.
Xavfsizlikka oid muhim ehtiyot choralari
OGOHLANTIRISH
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas. Ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan bu qurilmadan foydalanish to'g'risida ularga ko'rsatma bergan yoki nazorat qilib turgan hollar bundan mustasno.
Bolalar moslama bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib turishingiz kerak. Sim o‘tkazish qoidalariga ko‘ra, uzish vositasi ham birga o‘rnatilishi lozim. Ushub moslama o'rnatilgandan so'ng elektr manbaidan ajratilishga ruxsat berilishi kerak. Vilkaga qo‘l yetkizish mumkin bo‘lgan yoki ulash qoidalariga asoslangan holda statsionar prokladkadagi elektr zanjirini uzgichni qo'shish orqali uzilishga erishsa bo'ladi.
Agar elektr kabeli nuqsonli bo'lsa, uni maxsus kabelga yoki ishlab chiqaruvchi, yoki xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli agentdan xarid qilinishi mumkin bo'lgan elektr tarmog'iga ulanish to'plamiga almashtirish zarur. (Faqat mahkamlanuvchi simli turdagi model)
Ushbu qo‘llanmadan foydalanish
O'zbek 3
11/20/2017 4:52:39 PM