Boshlashdan oldin

Pechni mahkamlash

Pech bilan bufetning ikkala tomoni orasida kamida 5 mm oraliq (A) qoldiring.

A

Pechni bufet ichiga sig‘diring va har ikkala tomonidan 2 ta vint bilan mahkam qotiring.

O‘rnatish tugallangach, himoya plyonkasi, tasma va boshqa o‘rama materiallarini olib tashlang va anjomlarni pech ichidan oling. Pechni bufetdan chiqarish uchun avval tokdan uzing, keyin pechning ikki tomonidagi 2 ta vintni bo‘shating.

OGOHLANTIRISH

Pech me'yorda ishlashi uchun havo aylanishi kerak. Hech qachon havo tirqishlarini to‘sib qo‘ymang.

IZOH

Pechning asl ko‘rinishi modeliga qarab farq qilishi mumkin.

Ilk sozlamalar

Pechni birinchi marta yoqqaningizda, displeyda “12:00” ko‘rsatiladi va soat qismi (“12”) o‘chib-yonadi. Joriy vaqtni qo‘yish uchun quyidagi bosqichlarga amal qiling.

1. / tugmalarini bosib, soatni qo‘ying,

keyin ni bosing. Daqiqa qismi o‘chib-yonadi.

2. / tugmalarini bosib, daqiqani qo‘ying,

keyin ni bosing.

Bu sozlamani qo‘ygandan so‘ng joriy vaqtni

o‘zgartirish uchun ni 3 soniya bosib turing, keyin yuqoridagi bosqichlarga amal qiling.

Yangi pech isi

Pechni birinchi marta ishlatishdan oldin uning ichini tozalang, shunda isi ketadi.

1.Pech ichidagi anjomlarni olib tashlang.

2.Pechni Konveksiya 200 °C yoki An’anaviy 200 °C da bir soat ishlating. Bunda pech ichida qolgan jismlar kuyib ketadi.

3.Tugallangach, pechni o‘chiring.

O'zbek  9

Boshlashdan oldin

NV70M1315BS_WT_DG68-00762C-00_RU+UK+KK+UZ.indb 9

11/20/2017 4:52:42 PM

Page 93
Image 93
Samsung NV70M1315BS/WT manual Boshlashdan oldin, Ilk sozlamalar, Yangi pech isi