Transport vositasini boshqarish vaqtida mobil qurilmadan boshqarishda barcha xavfsizlik qoidalari va normativlariga rioya qiling
Avtomobilni boshqarish vaqtida Sizning eng birinchi vazifangiz transport vositasini diqqat bilan boshqarishdir. Hech qachon avtomobilni boshqarish vaqtida mobil telefondan foydalanmang.
Mobil qurilmangizdan to‘g‘ri foydalaningQurilmangizni quruq holda saqlang
•Namlik yoki suyuqliklar qurilmangiz qismlariga zarar yetkazishi yoki unda qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin.
•Qurilmangiz nam bo‘lganda, undan foydalanmang. Agar qurilmangiz yoqilgan bo'lsa, uni o‘chiring va batareyani darhol chiqarib oling (agar qurilma o‘chmasa yoki batareyani chiqara olmasangiz, uni shunday holatda qoldiring). Undan so‘ng, qurilmani sochiq bilan quriting va xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring.
•Suyuqliklar qurilmaning ichki qismidagi etiketkalar rangini
o‘zgartiradi. Qurilmangizning suv bilan zararlanishi ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin.
Qurilmangizni tekis yuzali joylarga qo‘ying
Agar qurilmangiz tushib ketsa, unga zarar yetishi mumkin.
Qurilmangizni juda sovuq yoki juda issiq joylarga qo‘ymang. Qurilmangizdan 5 °C dan 35 °C gacha bo‘lgan haroratda foydalanish tavsiya etiladi
•Qurilmangizni yoz vaqtidagi avtomobilning ichi kabi issiq joylarda qoldirmang. Bunday qilish ekranni buzishi, qurilmaga zarar yetkazishi yoki batareyaning portlashiga olib kelishi mumkin.
•Qurilmangizni quyosh nuri
O'zbek