Takroriy harakatlar natijasida yuzaga keluvchi shikastlanishlar ehtimolini kamaytiring

Tugmalarni bosish, belgilar chizish, sensorli ekranga barmog‘ingizni tekkizish yoki o‘yinlar o‘ynash kabi harakatlarni takroriy ravishda amalga oshirish oqibatida qo‘lingizda, bo‘yin va yelkalaringizda yoki tanangizning boshqa qismlarida noqulayliklarni his qilishingiz mumkin. Qurilmangizni uzoq muddat davomida ishlatganingizda, uni erkin holatda ushlang, tugmalarni ohista bosing va tez-tez tanaffus qilib turing. Bunday foydalanish mobaynida yoki undan keyin ham noqulayliklarni his qilsangiz, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.

Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning

O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim atrofdagi voqea va insonlarga diqqatli bo‘ling.

Qurilmangizni orqa cho‘ntaklaringizda yoki belingiz atrofida olib yurmang

Chunki yiqilsangiz, Sizga va qurilmaga zarar yetishi mumkin.

Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar yopishtirmang

Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib qolishiga va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Agar Sizda qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz bo‘lsa, teringiz qichishi, shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi mumkin. Bunday hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.

Qurilma yorilgan yoki singan bo‘lsa, undan foydalanmang

Singan shisha yoki akril qo‘lingizga yoki yuzingizga shikast yetkazishi mumkin. Qurilmani ta’mirlash uchun Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.

O'zbek