Rozetkadan sug‘urishda shnuridan tortmang. Sug‘urish uchun shnurni emas, vilkani ushlang.

Batareyalarga shikast yetkazmang yoki olovga tashlamang, chunki ular yuqori haroratda portlaydi.

Batareya zaryadlagichi / tagligini o‘zingizcha ochishga harakat qilmang. Ta’mirlash ishlari faqatgina mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan bajarilishi kerak.

Batareya zaryadlagichi / tagligini yuqori harorat ta’sirida qoldirmang yoki namlik yoki ho‘l narsalar tegishiga yo‘l qo‘ymang.

POWERbot

Qattiq yoki o‘tkir buyumlar, masalan, shisha, mix, bolt, tanga va shunga o‘xshagan narsalarni terdirmang.

Filtrini joyiga o‘rnatmasdan ishlatmang. Jihozga texnik xizmat ko‘rsatayotganda ventilyator bo‘lmasiga barmog‘ingizni yoki boshqa buyumni tiqmang, jihoz to‘satdan ishlab ketishi mumkin.

Tuynuklariga hech nima tiqmang. Tuynuklari to‘silgan holda ishlatmang; tuynuklariga chang, qil, soch va shunga o‘xshash narsalar kirmasin, ular havo aylanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Changyutkich yordamida zaharli moddalarni (xlorli oqartirgich, ammiak, kanalizatsiya quvurlari tozalagichi va boshq.) yig‘mang.

Yonayotgan va tutun chiqarayotgan narsalarni, masalan, tamaki, gugurt yoki cho‘g‘ kabilarni changyutkich yordamida yig‘mang.

Changyutkich yordamida benzin kabi oson o‘t oluvchi yoki yonuvchan moddalarni yig‘mang hamda changyutkichdan ular bo‘lishi mumkin joylarda foydalanmang.

Polga sham yoki stol lampasi qo‘yilgan joylarda.

Alanga nazoratsiz qolgan joylarda (gulxan yoki cho‘g‘).

Spirt, suyultirgich, yonayotgan sigaretli kuldon va hokazolar bor joylarda.

POWERbot’dan havosi tarkibida moyli bo‘yoq, erituvchi, hashoratlarga qarshi suyuqliklarning bug‘lari yoki oson o‘t oluvchi changlar yoki boshqa portlovchi yoki zaharli bug‘lar mavjud bo‘lgan yopiq xonalarda foydalanmang.

Haddan tashqari ko‘p ishlatilsa yoki harorat baland bo‘lgan muhitda batareyadan suyuqlik chiqishi mumkin. Suyuqlik teriga tushsa, tezda suv bilan yuvib tashlang. Suyuqlik ko‘zga tushsa, darhol toza suv bilan kamida 10 daqiqa davomida yuvib tashlang. Shifokorga murojaat qiling.

O‘ZBEK-05

Page 125
Image 125
Samsung VR20M7070WD/EV, VR20M7070WS/EV, VR10M7010UW/EV, VR10M7030WW/EV, VR10M7030WG/EV, VR20M7050US/EV manual ‘ZBEK-05