ffCho‘tka tozalash vaqtida poldan kirlarni tozalaganligi uchun unda ip va uzun soch kabi yot jismlar turib qolishi mumkin. Tozalash samarasi yaxshi bo‘lishi uchun uni muntazam ravishda tekshirib, tozalab turing.

Batareya haqida

Qayd

ffBatareyalarni vakolatli Samsung markazlaridan xarid qiling va xariddan oldin

batareyaga yopishtirilgan belgini () va model nomini tekshiring.

ffBu batareya Samsung Electronics POWERbot uchun maxsus chiqarilgan. Uni boshqa jihozda ishlatmang.

ffBatareyani ochmang yoki o‘zgartirmang.

ffBatareyani olovga tashlamang yoki qizdirmang.

ffZaryadlash kontaktlariga (+, -) hech qanday metall buyum ulamang.

ffBatareyani xona ichida (0 °C~40 °C haroratda) saqlang.

ffAgar batareya yomon ishlasa, uni o‘zingiz ochmang. Yaqinroqda joylashgan Samsung texnik xizmat markaziga murojaat qiling.

ffBatareyadan qancha ko‘p foydalanilsa, batareyani zaryadlash vaqti va foydalanish vaqti qisqarishi mumkin. Batareyaning ishlash muddati bitgan bo‘lsa va to‘g‘ri zaryadlanmayotgan bo‘lsa, uni Samsung xizmat markazi tomonidan almashtirishni so‘rang.

ffBatareyaga sotib olingan kundan boshlab 6 oy kafolat beriladi.

IrDA sensori haqida

Diqqat

ffGalogen lampada yoritilgan joylarda yoki ochiq havoda infraqizil signal yaxshi uzatilmasligi mumkin.

ffPOWERbot 3 xildagi infraqizil qurilmalarni ishlatadi. Har bir qurilma o‘ziga xos prioritet darajasiga ega. Agar qurilmaning signali ustiga yuqoriroq prioritetdagi qurilma signali tushsa, birinchi qurilma ishlamasligi mumkin.

––Infraqizil signal prioriteti: Aqlli boshqaruv > Taglik

ffTurli infraqizil signallar bir-biriga xalaqit berishi mumkin. Agar ular kichik joyda yoki yaqin oraliqda birga ishlatilsa, yaxshi ishlamasligi mumkin.

ffAgar bittadan ortiq POWERbot bir vaqtda ishlatilsa, infraqizil signallarning aralashib ketishi tufayli ular to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.

O‘ZBEK-31

Page 151
Image 151
Samsung VR10M7010UW/EV, VR20M7070WS/EV, VR10M7030WW/EV manual ‘ZBEK-31, Infraqizil signal prioriteti Aqlli boshqaruv Taglik