kir yuvish mashinasini o'rnatish

O'RNATISH TALABLARIGA MUVOFIQLIKElektr ta'minoti va yerga ulashUzaytma simdan (udliniteldan) foydalanmang.

OGOHLANTIRISH Faqat kir yuvish mashinasi bilan berilgan elektr manbaiga ulash shnuridan foydalaning.

O'rnatishga tayyorlashda quvvat manbaining quyidagi talablarga javob berishiga ishonch hosil qiling:

220-240 V / 50 Gz kuchlanishli predoxranitel yoki avtomatik vklyuchatelKir yuvish mashinasi uchun mo'ljallangan alohida tarmoqlangan zanjir

Kir yuvish mashinasi yerga ulangan bo'lishi kerak. Kir yuvish mashinasi to'g'ri ishlamagan yoki ishdan chiqqan hollarda yerga ulash elektr toki uchun eng kam qarshilikli yo'l bilan ta'minlagan holda elektr toki urishi xavfini kamaytiradi.

Kir yuvish mashinasi yerga ulangan rozetkada foydalanish uchun mo'ljallangan yerga ulash kabeliga ega bo'lgan uch shtirli elektr manbaiga ulash kabeli bilan birga beriladi.

Yerga ulash simini hech qachon plastik vodoprovod, gaz ta'minlash liniyalari yoki issiq suv trubasiga ulamang.

Yerga ulash simining noto'g'ri ulanishi elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini yerga ulashning to'g'ri bajarilganligiga ishonchingiz komil bo'lmasa, maslahat olish uchun malakali elektrik yoki texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha mutaxassisga murojaat qiling. Kir yuvish mashinasi bilan birga berilgan elektr manbaiga ulash vilkasini o'zgartirmang. Agar vilka rozetkaga mos kelmasa, tegishli rozetkani o'rnatish uchun malakali elektrikka murojaat qiling.

Suv quyish

Suv bosimi 50 kPadan 800 kPagacha bo'lsa, kir yuvish mashinasi ishlayotganda unga suv tegishlicha quyiladi. Suv bosimi 50 kPadan past bo'lganda, suv klapanining ishida uzilishlar yuz berishi mumkin va ushbu klapan to'liq yopilmasligi mumkin. Yoki mashinani to'ldirish uchun dasturda belgilangan ko'proq vaqt olishi va natijada mashinaning o'chirilishiga olib kelishi mumkin. (Agar ichki shlang bo'shab qolsa, ortiqcha suv quyilishi yoki suvning toshib ketishining oldini olish uchun to'ldirish vaqtining chegarasi boshqaruvchi dasturga o'rnatilgan.)

Kir yuvish mashinasi bilan berilgan shlanglarni vodoprovodga ulash uchun yetarli bo'lishi uchun vodoprovod kranlari kir yuvish mashinasining orqa devoridan 120 smdan ko'p bo'lmagan masofada joylashgan bo'lishi kerak.

Ko'pchilik santexnika mahsulotlarini sotadigan do'konlarda uzunligi eng ko'pi bilan 305 smgacha bo'lgan turli uzunliklardagi shlanglar sotiladi.

Quyidagi harakatlarni bajarish orqali siz suvning oqib ketishi va bu orqali yetkaziladigan zararlarning vujudga kelish xavfini kamaytirishingiz mumkin:

Suv kranlaridan osongina foydalanishni ta'minlash.Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda kranlarni yopib qo'yish.

Shlang prokladkalari orqali suvning oqib ketmayotganligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish.

Kir yuvish mashinasidan ilk marta foydalanishdan avval shlanglarning suv klapani va OGOHLANTIRISH vodoprovod kranlariga ulanadigan barcha joylardan suv oqib ketmayotganligini tekshiring.

O'zbek - 12

ARNO_DC68-03038S-15_UZ_160112.indd Sec4:12

2016-01-12 ￿￿ 1:54:23