ehtiyotkorlik choralari

Kir yuvish mashinasining ustiga chiqmang yoki kir yuvish mashinasi ustiga buyumlarni (yuviladigan kirlar, yoqilgan shamlar, yoqilgan sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar kabilar) qo’ymang.

-Bu elektr toki urishi, yong’in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolar yoki jarohatlanishlarga olib kelishi mumkin

Kir yuvish mashina sirtiga insektitsidlar kabi tez bug’lanuvchi materiallarni sepmang.

-Odam uchun havfli bo’lish bilan bir vaqtda bu elektr toki urishi, yong’in chiqishi yoki mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi yaqiniga elektromagnit maydonlar hosil qiluvchi buyumlarni joylashtirmang. - Bu noto’g’ri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Yuqori haroratli yuvish yoki quritish rejimlarida chiqariladigan suvning harorati yuqori bo’ladi. Bunday suvga tegmang.

- Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinangizda ushbu buyumlarni yuvish uchun maxsus rejim mavjud bo’lmasa, o’tirg’ichlar uchun suv o’tkazmaydigan to’shamalar, bo’yralar yoki kiyimlarni (*) yuvmang, siqmang yoki quritmang.

-Qalin, qattiq to’shamalarni yuvmang.

-Bu ortiqcha tebranishlar tufayli shikastlanishga yoki kir yuvish mashinasi, devorlar, pol yoki kiyimlarga zarar yetkazishga olib kelishi mumkin.

-Jundan qilingan choyshablar, yomg’irga qarshi nakidkalar, baliqchilarning jiletlari, chang’ichilarning shimlari, uxlash uchun yostiqchalar, yo’rgak qoplamalari, bolalar tagliklari hamda velosipedlar, mototsikllar va mashinalarni yopish uchun tentlar va hokazo.

Kir yuvish vositasi qutisi o’z joyiga qo’yilmagan holda kir yuvish mashinasini ishga tushirmang. - Bu suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan bakning ichiga tegmang, chunki u issiq bo’ladi.

- Bu kuyishga sabab bo’lishi mumkin. Qo’lingizni kir yuvish vositasi qutisi ichiga tiqmang.

-Bu jarohatlanishga olib kelishi mumkin, chunki qo’lingiz kir yuvish vositasini solish tizimi tomonidan ushlab qolinishi mumkin. Kir yuvish mashinasi ichiga yuvilishi kerak bo’lgan narsalardan boshqa hech qanday narsalarni (oyoq kiyimlari, ovqat qoldiqlari, hayvonlar kabi) solmang.

-Kuchli tebranishlar tufayli bu kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga yoki uy hayvonlarining jarohatlanishi va o’limiga olib kelishi mumkin.

Sochto’g’nag’ich, pichoq, tirnoq kabi o’tkir narsalar bilan tugmalarni bosmang. - Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Odatda terini parvarish qilish vositalari do’konlari yoki massaj klinikalarida sotiladigan moylar, kremlar yoki los’onlar bilan ifloslangan kiyimlarni yuvmang.

-Bu rezina zichlagichning deformatsiyalanishiga sabab bo’lishi va suvning chiqib ketishiga olib kelishi mumkin.

Nina to’g’nag’ichlar, soch to’g’nag’ichlari yoki oqatrirgich tyubigi kabi buyumlarni barabanda uzoq vaqt qoldirmang.

-Bu barabanning zanglashiga olib kelishi mumkin.

-Agar baraban sirtida zanglagan joylar paydo bo’la boshlasa, uning sirtiga (neytral) tozalash vositasini seping va uni ketkazish uchun gubkadan foydalaning. Hech qachon metall chyotkadan foydalanmang.

Quruq kimyoviy tozalash vositalaridan to’g’ridan-to’g’ri foydalanmang va biror bir quruq kimyoviy tozalash vositalari bilan zararlangan kiyimlarni yuvmang, chaymang yoki siqmang.

-Bu moyning oksidlanishidan hosil bo’luvchi yuqori harorat tufayli o’z-o’zidan yonib ketishga yoki birdan yonib ketishga olib kelishi mumkin.

10_ ehtiyotkorlik choralari

WF1602WR-02795D-13_UZ.indd 10

2014/8/11 10:24:51

Page 142
Image 142
Samsung WF1600WRW/YLP, WF1700WRW/YLP, WF1602WRK/YLP manual Ehtiyotkorlik choralari