Samsung WF1802XFK/YLP manual Quvvatlarni tejash, Eco Bubble rejimida kir yuvish, Qo’lda kir yuvish

Models: WF1802XFK/YLP WF1802XFW/YLP

1 176
Download 176 pages 38.57 Kb
Page 134
Image 134

yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni o’zgartiradi. O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi bilan yangi Samsung kir yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va quvonchli ishga aylantirishga imkon beruvchi barcha funksiyalarga ega.

• Quvvatlarni tejash

Pufakchalarni generatsiyalsh tizimi va invertorli Quiet Drive (Shovqinsiz ishlash) dvigatel sababli, bu model, A sinfiga oid standart mashinalardan farqli o'laroq, elektr energiyasidan yanada samarali foydalanishni ta'minlaydi.

• Eco Bubble™ rejimida kir yuvish

Samsung markasidagi kir yuvish mashinalarining Eco Bubble ish rejimi yangi turdagi matolarni ehtiyotkorlik bilan yuvgan holda yanada sifatliroq yuvish bilan ta’minlaydi. Eco Bubble rejimi kir yuvish kukunini bir tekis taqsimlaydi va uni matolar ichiga tezroq va chuqurroq kiritadi.

• Ustki kiyimni yuvish dasturi

Sizning kir yuvish mashinangiz ust kiyimlaringizning ajoyib saqlanishini ta’minlanishini hisobga olgan holda Samsung kir yuvish mashinasining Eco Bubble dasturidan foydalanish suv o’tkazmaydigan kiyimlarni kamroq darajada eskirtirgan holda yuvishga imkon beradi. Eco Bubble dasturi tomonidan hosil qilinadigan ko’pikli yoqtiqcha suv o’tkazmaydigan qatlamni zarbalar va ishqalanishlar tomonidan yetkaziladigan shikastlanishlardan himoya qilgan holda ust kiyimning eng kam darajada eskirishini ta’minlaydi hamda ehtiyotkorlik bilan muomala qilishni talab qiladigan boshqa matolarni himoya qiladi.

• Bolalar kiyimlarini yuvish jarayoni

Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning kiyimlarini qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi.

Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar terisining qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar turlarga ajratiladi va kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi, shu bilan bolalar kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza ko’rinishiga erishiladi.

• Qo’lda kir yuvish

Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir yuvishga erishiladi.

• Tezkor kir yuvish

Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! Bizning 15 daqiqalik tezkor kir yuvishga mos keluvchi Быстрая 15’ (Tezkor 15’) dasturimiz sizga kir yuvish va boshqa ishlar bilan shug’ullanishingizga imkon beradi. Endi siz o’zingizning yoqtirgan kiyimlaringizni (2 kg gacha) 15 daqiqada yuvishingiz mumkin!

• Очистка барабана Eco (Barabanni Eco tozalash)

Очистка барабана Eco (Barabanni Eco tozalash) dan foydalanish kimyoviy tozalovchilar yoki oqartiruvchilarsiz kir yuvish mashinangizni toza saqlashingizga yordam beradi. Barabanni tozalashning maxsus dasturi tufayli baraban begona hidlarsiz toza holda saqlanadi.

2_ yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

WF1802XF_DC68-03061F-12_UZ.indd 2

2016/2/22 11:29:42

Page 134
Image 134
Samsung WF1802XFK/YLP Quvvatlarni tejash, Eco Bubble rejimida kir yuvish, Ustki kiyimni yuvish dasturi, Qo’lda kir yuvish