Smart Check

Ushbu funksiya smartfon orqali kir yuvish mashinasining holatini tekshirish imkoniyatini beradi.

Smart Check funksiyasi quyidagilar uchun optimallashtirilgan:

Galaxy va iPhone seriyalari (ba'zi modellar uchun qo'llab-quvvatlanmaydi)

Samsung Smart Washer ilovasini yuklab olish

Android market yoki Apple App store-dan Samsung Smart Washer ilovasini mobil telefoningizga yuklab oling va o'rnating. Siz uni "Samsung Smart Washer"ni qidirish orqali osongina topishingiz mumkin.

Smart Check funksiyasidan foydalanish

1.Smart Check funksiyasini ishga tushirishda xatolik yuz berganda Опция (Opsiya)

va Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) tugmalarini bir vaqtda 3 soniyacha bosib turing. Shu kabi Smart Check funksiyasini kir yuvish mashinasi yoqilgandan keyin hech qanday tugma bosilmagan bo'lsa ham ishga tushirish mumkin.

2. Displey panelidagi LED segmentlar 2 yoki 3 soniya aylanadi va Smart Check kodi kir yuvish mashinasining displey panelida namoyish qilinadi.

3.Smartfoningizda Samsung Smart Washer ilovasini ishga tushiring va Smart Check tugmasini bosing. Tanlangan tilga bog'liq holda "Smart Check" "Smart Care"ga o'zgartirilgan bo'lishi ham mumkin.

4.Smartfoningiz kamerasini kir yuvish mashinasining displey panelida namoyish qilingan Smart Check kodiga qarating.

Agar kir yuvish mashinasi displey panelida lampochka, flyuoressent lampa yoki lampa yorug'i aks ettirilsa, smartfon Smart Check kodini osongina taniy olmasligi mumkin.

Agar siz smartfonni displey panelga nisbatan juda katta burchak ostida ushlab tursangiz, u xatolik kodini taniy olmasligi mumkin. Eng yaxshi natijalarga erishish uchun smartfonni shunday ushlangki, displey panelning old yuzasi va smartfon parallel yoki deyarli parallel bo'lsin.

5.Agar u to'g'ri qaratilgan bo'lsa, Smart Check kodi avtomatik ravishda tanib olinadi va kir yuvish mashinasining holati, xatolik va bunga qarshi choralar smartfonda namoyish qilinadi.

6.Agar smartfon Smart Check kodini ikki martadan ko'proq marta taniy olmasa, kir yuvish mashinasining displey panelida namoyish qilingan Smart Check kodini Samsung Smart Washer ilovasiga qo'lda kiriting.

FOYDALANISH03  

O’zbek - 27

Untitled-5 27

 

 

2014-07-14 ￿￿ 4:53:46