Yuklanish hajmini aniqlash

Kir yuvish mashinasiga ortiqcha yuklanish bermang, aks holda kirlaringiz yaxshi yuvilmay qolishi mumkin. Yuviladigan kir turiga ko'ra yuklanish hajmini aniqlash uchun quyidagi jadvaldan foydalaning.

Mato turi

 

Yuklanish hajmi (kg)

 

WF8*F5E

WF7*F5E

WF6*F4E

 

Хлопок (Paxta)

8,0

7,0

6,0

Синтетика (Sintetika)

3,5

3,5

3,0

Верхняя одежда (Ochiq qarov)

2,0

2,0

2,0

Шерсть (Jundan qilingan buyumlar)

2,0

2,0

1,5

 

 

 

 

Kirlar bir tekis taqsimlanmagan hollarda "UE" xatolik kodi namoyish qilinadi, kirlarni qayta taqsimlang. Agar kirlar bir tekis taqsimlanmasa, siqish samaradorligi pasayishi mumkin.

Choyshablar yoki parli adyollarni yuvishda yuvish vaqti ortishi yoki siqish samaradorligi pasayishi mumkin.

Choyshablar yoki yostiq jildlari uchun tavsiya qilingan eng yuqori siqish tezligi 800 ayl./daq. va yuklanish sig'imi 2 kg yoki undan kam.

6 kgli sinfdagi modellarda choyshablarni yuvish funksiyasi mavjud emas.

DIQQAT: Ko'krakpechlarni (suvda yuviladigan) to'r qoplarga (alohida sotib olinadi) joylanganligiga ishonch hosil qiling.

Ko'krakpechlarning metalldan yasalgan qismlari kirlarni teshib o'tishi va shikastlashi mumkin. Shuning uchun ham ularni nozik materialdan qilingan kir yuvish to'r qopchalariga joylash kerak.

Paypoq, qo'lqop, chulki paypoqlari va ro'molchalar singari kichkina va yengil kiyimlar eshikka tiqilib qolishi mumkin. Ularni nozik materialdan qilingan kir yuvish to'r qopchalariga joylashtiring.

DIQQAT: Kir yuvish to'r qopchasini boshqa kirlarga qo'shmagan holda alohida yuvmang. Bu kir yuvish mashinasini siljitib yuborishi va shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo'lgan kuchli tebranishlarni hosil qilishi mumkin.

O’zbek - 30

Untitled-530

 

 

2014-07-14 ￿￿ 4:53:46