Texnika xavfsizligi bo'yicha muhim choralar

OGOHLANTIRISH: Yong'in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:

1.Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida avvaldan ko'rsatmalar berilmagan bo'lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.

2.Yevropada foydalanish uchun: Agar ular nazorat ostida bo'lsalar yoki ularga ushbu mashinadan xavfsiz tarzda foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar berilsa va ular bo'lishi mumkin bo'lgan xatarlarni anglab yetsalar, bu kir yuvish mashinasidan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu kir yuvish mashinasi bilan o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish nazoratsiz tarzda bolalar tomonidan amalga oshirilmasligi kerak.

3.Ularning mashina bilan o'ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun bolalarni kuzatib turing.

4.Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.

5.Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to'plamidan foydalanilishi va eski shlanglar to'plamidan qayta foydalanilmasligi lozim.

6.Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo'lgan qurilmalarda gilam ushbu tirqishlarni to'sib qo'ymasligi kerak.

7.Yevropada foydalanish uchun: Uzluksiz nazorat ostida bo‘lmasa, 3 yoshdan kichik bolalarni yaqinlashtirmang.

8.DIQQAT: Issiqlik o'chirgichining tasodifiy qayta o'rnatilishi tufayli yetadigan zararlarning oldini olish uchun qurilma taymer singari tashqi o'chirib-yoqish qurimasi orqali elektr toki bilan ta'minlanmasligi yoki xizmat ko'rsatuvchilar tomonidan muntazam ravishda o'chirib- yoqiluvchi zanjirga ulanmasligi kerak.

O’zbek - 4

Untitled-6 4

2017-06-12 ￿￿ 2:53:13

Page 172
Image 172
Samsung WW10H9600EW/LP manual Texnika xavfsizligi boyicha muhim choralar