Samsung Smart Home ilovasi

Samsung Smart Home ilovasini ishlatayotganda, O‘rnatish menyusidagi “Samsung Smart Home” belgilanganiga amin bo‘ling. Samsung Smart Home ilovasi kir yuvish mashinasini yo'l-yo'lakay boshqarish imkonini beradi.

O'rnatish

1.Android qurilmalar uchun Google Play Storega, iOS qurilmalar uchun Apple App Storega borib, Samsung Smart Home ilovasini qidiring.

2.Mobil qurilmangizda Samsung Smart Home ilovasini yuklab olib, o'rnating.

Samsung Smart Home ilovasi Android OS 4.0 (ICS) yoki yangirog'i bilan ishlaydi, u Samsung smartfonlari (Galaxy S va Galaxy Note seriyasi) uchun optimallashtirilgan. Bu ilovaning ba'zi funksiyalari boshqa qurilmalarda boshqacha ishlashi mumkin.

Bu ilova iPhone modellari uchun iOS 7 yoki yangirog'ida ishlaydi.

Samarali ishlashi uchun, bu ilovaning UI (foydalanuvchi interfeysi) dizayni ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin.

iPhone modellari uchun, bu ilova 2014-yilning ikkinchi yarmida Apple App Storeda chiqarilishi rejalashtirilgan.

Tayyorlanish

1.Ilovani ishga tushirish uchun siz Samsung hisob qaydnomangizga kirishingiz lozim. Samsung hisob qaydnomangiz yo'q bo'lsa, uni bevosita ilovada yaratishingiz uchun ko'rsatma beriladi. Buning uchun boshqa ilova kerak emas.

2.Ilovani ishga tushirish uchun, avval kir yuvish mashinangizni Samsung Smart Home xizmatida ro'yxatdan o'tkazing.

1)Samsung Smart Home ilovasining qurilmalar ro'yxatidan kir yuvish mashinasini tanlang.

2)Simsiz ulanish uchun ishlatiladigan simsiz tarmoq manbaiga oid ma'lumotlarni kiriting.

3)Kir yuvish mashinasi parametrlarini sozlash uchun ekrandagi yo'l-yo'riqlarga amal qiling.

4)Tarmoq parametrlarini sozlash uchun kir yuvish mashinasida Settings (Sozlanmalar) > Oson ulanishni tanlang.

5)Tugallangach, ilovada kir yuvish mashinasi tasvirchasini ko'rasiz.

DIQQAT

Wi-Fida sertifikatlanmagan marshrutizatorlar aloqa o'rnata olmasligi mumkin.

Kir yuvish mashinasi va tarmoq manbai mikroto'lqinli pech yoki elektr soch quritgichlarga yaqin joyda o'rnatilsa, elektr xalaqitlar oqibatida Aqlli boshqaruv to'g'ri ishlamasligi mumkin.

Kir yuvish mashinasi faqat Wi-Fi 2.4Ghz protokolida ishlaydi.

Simsiz tarmoqning ishlashiga atrof-muhit ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Tizimga kirmasdan turib ilovani ochsangiz, Account guidance (Hisob qaydnomasi ko'rsatmasi) ekranini ko'rasiz. Tizimga kirgach, hisob qaydnomasi parametrlarini Settings (Parametrlar) > Account (Hisob qaydnomasi)da o'zgartirish mumkin.

Samsung smartfoni foydalanuvchilari hisob qaydnomalarini Settings (Parametrlar)da qayddan o'tkazgach, ilovaga avtomatik tarzda kirishlari mumkin.

O’zbek - 39

ISHLATISH AMALLARI

Untitled-6 39

2017-06-12 ￿￿ 2:53:21

Page 207
Image 207
Samsung WW10H9600EW/LP manual Samsung Smart Home ilovasi, Ornatish, Tayyorlanish