Kir yuvish vositasiga oid ko'rsatmalar

Auto Dispense (Avtomatik taqsimlash)

Kir yuvish mashinasi ikki bo'linmali taqsimlagich bilan ta'minlaydi: chap bo'linma kir yuvish vositasi va o'ng bo'lma mato yumshatgich uchun. Avtomatik taqsimlash bloki yuvish dasturi va sikliga ko'ra barabanga tegishli miqdordagi kir yuvish vositasi va mato yumshatgichni taqsimlaydi.

DIQQAT

Avtomatik taqsimlash bloki bilan faqat suyuq kir yuvish vositasi va mato yumshatgichdan foydalaning.

Avtomatik taqsimlash blokining to'liq solinganligiga ishonch hosil qiling. Avtomatik taqsimlash bloki to'g'ri solinmaguncha kir yuvish mashinasi ishlashni boshlamaydi.

Boshqa turdagi kir yuvish vositasidan foydalanganda avval kir yuvish vositasi bo'linmasini tozalang.

Kir yuvish vositasini mato yumshatgich bilan bitta bo'linmada aralashtirmang.

Kir yuvish vositasining qotib qolishini oldini olish uchun kir yuvish vositasi bo'linmaga solingandan keyin bo'linma qopqog'ini ochmang.

Korroziyani vujudga keltiruvchi va/yoki gaz hosil qiluvchi oqartirgichlardan foydalanmang.

Avtomatik taqsimlash blokini teskarisiga ag'darmang. Ichidagilar ventilyatorlar ustiga to'kilib ketishi mumkin.

Qurilmani siljitish vaqtida Avtomatik taqsimlash bloki tag qismidagi chiqarish tirqishini bosmang. Ichidagilar oqib ketishi mumkin.

Kir yuvish vositasi yoki mato yumshatgichni qurilmaga solishda juda ehtiyot bo'ling. Ichidagilar atrofga sochilib ketishi mumkin.

Yuvish vositalarini qo'llashdan oldin Avtomatik taqsimlash blokini olib tashlaganligingizga ishonch hosil qiling.

Avtomatik taqsimlash blokini olib tashlaganda xato xabarida yoki oldin qolgan kir yuvish vositasini tekshiring, blokda oz miqdorda yuvish vositasi qolgan yoki blokning pastki qismidan sizib chiqayotgan bo'lishi mumkin.

Avtomatik taqsimlash blokini to'liq soling. To'liq solmaslik blokni taqsimlash paytida xatolikka uchrashiga olib kelishi mumkin.

Odatiy tarzda, Auto Dispense (Avtomatik taqsimlash) quyidagi rejimlarda o'chadi: Delicates (Nozik matolar), Wool (Jundan qilingan buyumlar), Baby Care (Bolalar buyumlarini yuvish), yoki Outdoor Care (Ochiq qarov).

Bu rejimlarda Auto Dispense (Avtomatik taqsimlash)eni yoqish uchun Settings (Sozlanmalar) yoki Tezkor panel polosasi > Auto Dispense (Avtomatik taqsimlash)ni bosib, parametrlarni keraklicha o'zgartiring.

O’zbek - 22

Untitled-6 22

2017-06-12 ￿￿ 2:53:17

Page 190
Image 190
Samsung WW10H9600EW/LP manual Kir yuvish vositasiga oid korsatmalar, Auto Dispense Avtomatik taqsimlash