(1)Eshikcha (qiyshaymagan bo’lishi kerak)
(2)Eshikcha halqalari (singan yoki bo’shashgan bo’lmasligi kerak)
(3)Eshikcha zichlagichlari va zichlovchi yuzalar.
(d)Pechni sozlash yoki ta’mirlash ishlari ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o’tgan mikroto’lqinli pechlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.
Ushbu qurilma B sinf
B sinfiga kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida foydalanishga mo’ljallangan va
Agar moslamaning buzilishi va/yoki aksessuarning buzilishi yoki talafoti mijoz tomonidan qilingan bo'lsa, Samsung aksessuarni almashtirish yoki kosmetik defektni tuzatish uchun tuzatish to'lovini undirishi mumkin. Ushbu talablar qoplaydigan elementlarga quyidagilar kiradi:
(a)Ezilgan, tirnalgan yoki buzilgan eshik, ruchka, old panel yoki boshqaruv paneli.
(b)Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo'naltiruvchi rolik, mufta yoki reshyotka.
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA MUHIM KO'RSATMALAR
Doimo quyida keltirilgan xavfsizlik bo’yicha ko’rsatmalarga amal qiling.
OGOHLANTIRISH
Mikroto’lqinli pechni har qanday o’zgartirish va ta’mirlash ishlari faqat malakali mutaxassislar tomonidan bajarilishi kerak.
Suyuqliklar va boshqa
Xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida ushbu jihozni ingichka suv oqimi yoki yuqori bosim ostidagi bug' bilan tozalamang.
Qurilmani issiqlik manbalari, tez yonuvchan materiallarga yaqin joylar, namlik yoki changlanganlik darajasi yuqori bo’lgan xonalar, to’g’ridan- to’g’ri tushuvchi quyosh nurlari yoki suv ta’siri ostidagi joylar hamda maishiy gaz chiqib ketishi mumkin bo’lgan hududlar va notekis sirtlarga o’rnatmang.
Qurilmani mahalliy yoki davlat talablariga muvofiq yerga to'g'ri ulash kerak.
Chang va namni ketkazish uchun elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joyini muntazam ravishda quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang va uning ustiga og’ir buyumlarni qo’ymang.
Gaz (propan, siqilgan gaz) chiqish holatlari yuz berganda darhol xonani shamollating va elektr manbaiga ulash kabeliga tegmang.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho’l qo’llaringiz bilan tegmang.
Qurilma yoqilgan vaqtda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzmang.
Qurilmaga barmoqlaringiz va begona buyumlarni qo’ymang. Agar qurilma ichiga suv yoki boshqa begona buyumlar kirib qolgan bo’lsa, elektr manbaiga ulash kabelini uzing va o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
Qurilmaga ortiqcha jismoniy ta’sir ko’rsatmang yoki urmang.
Pechni mo’rt buyumlar, masalan, oshxona rakovinasi yoki shisha buyumlar ustiga qo'ymang. (Faqat avtonom modellar uchun)
Qurilmani tozalash uchun benzol, erituvchilar, spirt, bug’tozalagich yoki yuqori bosimli tozalagichlardan foydalanmang.
Elektr tarmog’idagi kuchlanish, chastota va tok kuchi qurilmaning texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil qiling.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasining rozetkaga tiqilganligiga ishonch hosil qiling. Bir nechta vilkalarga ega bo'lgan perexodnik, uzaytirgich yoki transformatordan foydalanmang.
Elektr manbaiga ulash kabelini metall buyumlarga osmang, uni buyumlar orasiga qo’ymang va pechning orqasi orqali o’tkazmang.
Tarmoq rozetkasiga ulanmagan shikastlangan vilka yoki elektr manbaiga ulash kabelidan foydalanmang. Vilka yoki elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan hollarda o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
Ushbu qurilma tashqi taymer yoki masofadan boshqarish pultiga ega emas.
Bevosita pechga suv sepmang.
Pechga, uning ichiga va eshigiga hech qanday buyumlarni qo’ymang.
Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsidlarni sepmang.
Bolalarning qurilma bilan o'ynashlariga yo'l qo'ymang.
Ushbu qurilma treyler, furgon va shunga o’xshash transport vositalariga o’rnatish uchun mo’ljallanmagan.
O'ZBEKCHA
5
�� 3:54:08