Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
TEXNIKA XAVFSIZLIGI BO‘YICHA MA‘LUMOTLAR
•Qurilmadan foydalanishdan avval ushbu qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqing va OGOHLANTIRISH keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo‘ying.
•Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar turli modellarga taalluqli OGOHLANTIRISH bo‘lgani uchun changyutgichingizning xususiyatlari ushbu qo‘llanmada keltirilgan
xususiyatlardan bir oz farq qilishi mumkin.
FOYDALANILGAN DIQQATNI QARATUVCHI/OGOHLANTIRUVCHI BELGILAR
OGOHLANTIRISH
O‘lim va og‘ir jarohatlanish xavfi mavjudligini ko‘rsatadi.
DIQQAT
Shaxsiy jarohatlanish yoki moddiy shikastlash xavfi borligini ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN BOSHQA BELGILAR
IZOH
Amal qilishingiz kerak bo'lgan narsalarni bildiradi.
Ushbu changyutgich faqat maishiy foydalanish uchun mo‘ljallangan.
OGOHLANTIRISH Changyutgichdan qurilish chiqindilar, axlat va lazerli printer tonerini tozalashdan foydalanish mumkin emas. Filterlarni doim toza holatda saqlang, ularda mayda chang zarralari yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymang.
Gilam tozalash vositalari yoki mayda chang zarralarini, masalan, unni faqat kichik miqdordagina tozalash lozim. Tozalashdan keyin changqopcha va filterlarni doim e‘tibor bilan tozalab chiqing.
Changyutgichdan changqopcha yoki filterlarsiz foydalamish mumkin emas. Shuningdek, o‘ta eski, zararlangan yoki shaklini yo‘qotgan filterlarni ham ishlatish ta‘qiqlanadi. Filterni ko‘rsatmaga rioya etgan holda har doim to‘g‘ri o‘rnating. Sanab o‘tilgan talablarni bajarmaslik qurilma ichki qismlarining zararlanishiga va kafolat xizmatining bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
Miktofilterni yuvib bo‘lgandan keyin uni hech qachon buramang. Bunday qilish uning shaklini yo‘qotishi yoki zararlanishiga olib kelishi mumkin.
Agar filter shaklini yo‘qotgan yoki zararlangan bo‘lsa, uni yangisiga almashtiring. (Agar ushbu talablarga rioya etilmasa, chang va chiqindi motor ichiga tushadi)
Kontakt yuzalar va o‘rnatish qismida bo‘shliqlar qoldirmasdan filterni to‘g‘ri o‘rnating. (Agar ushbu talablarga rioya etilmasa, chang va chiqindi motor ichiga tushadi)
MUHIM EHTIYOT CHORALARI
UMUMIY
•Barcha ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqing. Qurilmani yoqishdan avval elektr tarmog'ingizdagi kuchlanishning changyutgich tag qismidagi yorliqda ko'rsatilgan kuchlanish bilan bir xil ekaniga ishonch hosil qiling.
•OGOHLANTIRISH: Gilam yoki pol ho'l bo'lgan hollarda changyutgichdan foydalanmang.