•Har qanday qurilmadan bolalar yoki ular yaqinida foydalanilgan hollarda qattiq nazorat talab qilinadi. Changyutgichdan o'yinchoq sifatida foydalanilishiga yo'l qo'ymang. Hech qachon changyutgich nazoratsiz qoldirilishiga yo'l qo'ymang. Changyutgichdan faqat ushbu ko'rsatmalarda bayon qilingan maqsadlarda foydalaning.
•Changyutgichdan chang yig'ish idishisiz foydalanmang.
•Eng yaxshi samaradorlikka erishish uchun chang yig'ish idishini u to'liq to'lishidan avval bo'shating.
•Changyutgichdan gugurt donalari, o'chmagan kul yoki sigaret qoldiqlarini yig'ishtirish uchun foydalanmang. Changyutgichni o'choqlar va boshqa issiqlik manbalaridan uzoqroqda saqlang. Issiqlik qurilmaning plastik qismlarini deformatsiyalashi va rangining o'chishiga olib kelishi mumkin.
•Changyutgich bilan qattiq, o'tkir buyumlarni yig'mang, chunki ular changyutgich qismlarini shikastlashlari mumkin.
Shlangning ustidan bosmang. Shlangning ustiga narsalarni qo'ymang. So'rish yoki chiqarish portini to'sib qo'ymang.
•Elektr tarmog'i rozetkasidan uzishdan avval changyutgichni korpusdagi qo'shgichdan o'chiring. Chang konteynerini bo'shatishdan avval elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing. Shikastlanishning oldini olish uchun rozetkadan uzganda kabeldan emas, vilkaning o'zidan ushlagan holda torting.
•Agar ular nazorat ostida bo‘lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu mashinadan foydalanish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, bu qurilmadan 8 yoki undan kattaroq yoshdagi bolalar, jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo‘lmagan shaxslar foydalanishlari mumkin. Bolalarga qurilma bilan o‘ynash taqiqlanadi. Tozalash va texnik xizmat ko‘rsatishni bolalar nazoratsiz amalga oshirmasligi kerak.
•Bolalar jihoz bilan o'ynamasligini ta'minlash uchun nazorat ostida bo'lishi lozim.
•Qurilmani tozalash yoki unga texnik xizmat ko'rsatishdan avval vilka rozetkadan uzib qo'yilishi kerak.
•Uzaytirma kabellardan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
•Agar changyutgich to'g'ri ishlamayotgan bo'lsa, elektr ta'minotini uzing va vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
•Agar elektr tarmog'iga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarning oldini olish uchun uni ishlab chiqaruvchi, xizmat ko'rsatuvchi agenti yoki shunga o'xshash malakali shaxs almashtirishi kerak.
•Changyutgichni shlangidan ushlagan holda ko'tarmang. Changyutgich to'plamidagi dastadan foydalaning.
•Undan foydalanmayotgan vaqtingizda changyutgichni rozetkadan uzib qo'ying. Rozetkadan uzishdan avval changyutgichni o'chiring.
•Suvni so'rib olish uchun foydalanmang.
•Tozalash uchun changyutgichni suvga botirmang.
•Shlang muntazam ravishda tekshirib turilishi va shikastlangan bo'lsa, undan foydalanilmasligi kerak.
•Almashtirish uchun ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.