O'ZBEK
USHBU YO'RIQNOMADAN FOYDALANISH
Siz SAMSUNG kompaniyasining mikroto'lqinli pechini xarid qildingiz. Ushbu "Foydalanuvchi qo'llanmasi"da mazkur mikroto'lqinli pech yordamida taom tayyorlash to'g'risida muhim ma'lumotlar mavjud:
•Ehtiyotkorlik choralari
•Mos keladigan aksessuarlar va idishlar
•Taom tayyorlash bo'yicha foydali maslahatlar
•Taom tayyorlash bo'yicha maslahatlar
XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM MA'LUMOTLAR
XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM KO'RSATMALAR
DIQQAT BILAN O'QIB CHIQING VA KEYINCHALIK FOYDALANISH UCHUN SAQLAB QO'YING.
Ogohlantirish; Yonish xavfi mavjud
Ogohlantirish; Elektr toki mavjud
Kuch ISHLATMANG.
Qismlarga AJRATMANG.
TEGMANG.
Muhim
Yordam olish uchun xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Ogohlantirish; Issiq yuza
Ogohlantirish; Portlovchi moddalar
Ko'rsatmalarga qat'iy amal qiling.
Elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.
Elektr toki urishini oldini olish uchun mashinaning yerga ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Izoh
Pechdan foydalanishdan avval quyidagi ko'rsatmalarga amal qilinishiga ishonch hosil qiling.
•Jihozdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan undan foydalanish uchun mo'ljallangan maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Qurilmani o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan foydalanishda foydalanuvchi sog'lom fikr bilan ish ko'rishi, e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishi kerak.
•Usbu foydalanuvchi qo'llanmasi bir nechta modellarga mo'ljallanganligi uchun mikroto'lqinli pechning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo'lsa, eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan ma'lumotlar oling.
•Ushbu mikroto'lqinli pech taomlarni isitish uchun mo'ljallangan. Qurilma faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo'ljallangan. Donlar bilan to'ldirilgan hech qanday matolar va paketlarni isitmang, chunki bu kuyishga va yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi qurilmadan noto'g'ri foydalanilganligi natijasida olingan zararlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
•Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
BELGILAR VA NISHONLARNING BAYONI
MIKROTO'LQINLAR ORTIQCHA QUVVATLARINING EHTIMOLIY TA'SIRINI OLDINI OLISH BO'YICHA EHTIYOTKOR CHORALARI.
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga zararli ta'siriga olib kelishi mumkin.
(a)Har qanday holatda ham eshikchasi ochiq turgan pechni ishlatishga urinmang, blokirovka qiluvchi kontaktlarni (eshikcha qulfi)ni buzmang yoki blokirovka qiluvchi
kontaktlarning tirqishlariga biror narsa tiqmang.
(b)Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday predmetni QO'YMANG, zichlovchi yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho'kindilari to'planishiga yo'l qo'ymang. Pechdan foydalangandan so'ng eshikcha va uning zichlovchi yuzasini oldin ho'l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda, tozalikda saqlang.
(c)Nosoz pech ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o'tgan mikroto'lqinli buyumlar bo'yicha malakali mutaxassis tomonidan ta'mirlanmaguncha undan FOYDALANMANG. Pechning eshikchasi yaxshi yopilishi va quyidagilar shikastlanmagani juda muhim:
(1) eshikcha (qiyshaymagan)
(2) | eshikcha halqalari (singan yoki bo'shashgan) |
(3) | eshikcha zichlagichlari va zichlovchi yuzalar |
(d) Pechni sozlash yoki ta'mirlash ishlari ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o'tgan | |
mikroto'lqinli pechlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha malakali mutaxassis tomonidan |
OGOHLANTIRISH
DIQQAT
Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e'tiborsizlik bilan qarash jiddiy jarohat olish yoki o'limga olib kelishi mumkin.
Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e'tiborsizlik bilan qarash yengil jarohat olish yoki mulklarning buzilishiga olib kelishi mumkin.
bajarilishi kerak. |
Ushbu qurilma B sinf
4