Universal patnisi (Modelga qarab)

Universal patnis (Chuqurligi: 30 mm) pechenyelar va boshqa pishiriqlarni tayyorlash uchun foydalanish mumkin. Shuningdek, u qizartirish uchun yaxshi. Undan suyuqliklarning pech tubiga tomishlarini oldini olish uchun tomchilash patnisi bilan birgalikda foydalanish mumkin. Iltimos, og'gan tarafini oldga qaratib joylashtiring.

Chuqurlashtirilgan patnis (Modelga qarab)

Chuqurlashtirilgan patnis (Chuqurligi: 50 mm) ham qizartirish uchun yaxshi. Undan suyuqliklarning pech tubiga tomishlarini oldini olish uchun tomchilash patnisi bilan birgalikda foydalanish mumkin. Iltimos, og'gan tarafini oldga qaratib joylashtiring.

Gril sixi (Modelga qarab)

Gril sixidan jo'ja singari grilda pishiriladigan go'shtlarni tayyorlash uchun foydalanish mumkin. Gril sixidan faqat 3-taglikda bitta taom pishirish rejimida foydalanish mumkin, chunki uning sixi orqa paneldagi adapterga biriktirilishi kerak. Tayyorlash vaqtida orqa plastik dastani olib qo'ying.

Gril va kabob sixi (Modelga qarab)

Undan foydalanish uchun:

Tayyorlash sharbatlarini yig'ish uchun chuqur kastryulni (tagliksiz) 1-chi darajaga yoki agar qovuriladigan go'sht juda katta bo'lsa, pechning tubiga o'rnating.

Vilkalardan birini sixga qo'ying; qovuriladigan go'shtni sixga joylashtiring.

Bug'da pishiriladigan kartoshka va sabzavotlarni bir vaqtda pishirish uchun chuqur kastryul qirg'oqlari bo'ylab joylashtirish mumkin.

O'rta tokchaga tayanchni joyalshtiring va old qismiga "v" shaklida qo'ying.

Sixni kiritishda yordam berish uchun dastani o'tmas uchidan burash mumkin.

Sixning ko'rsatkich uchini orqaga qilgan holda tayanchga qo'ying va six uchun pechning orqa panelidagi aylantirish mexanizmiga kirginucha sekingina suring. Sixning o'tmas uchun "v" shakldagi tayanchga qo'yilishi kerak. (Sixda sixning oldinga surilib ketishini oldini olish uchun pech eshigiga yaqin joylashtirilishi kerak bo'lgan 2 ta bo'rtiqlar bor, bo'rtiqlar yana qo'l uchun dasta vazifasini ham bajaradi).

Pishirishdan oldin tutqichni bo'shatib yeching. Tayyorlagandan keyin sixni tayanchdan olishda yordam berishi uchun dastani qayta joyiga qotiring.

Six aksessuarlariga 1,5 kg vazndan kamroq bo'lgan taomlar joylashtirilishi tavsiya etiladi.

Teleskopik yo'naltirgichlar (Modelga qarab)

Panjara, pishirish yoki qovurish kastryulini kiritish uchun avval teleskopik yo'naltirgichlarni ma'lum darajagacha suring.

Simli panjara yoki patnisni yo'naltiruvchilarga joylashtiring va pechkaga joylashtiring. Pechka eshigini faqatgina teleskopik yo'naltirgichlar ichiga to'liq joylashtirganingizdan so'ng yoping.

Moy filtri (Modelga qarab)

Pechkaning orqa ichki devorida o'rnatilgan moy filtri parraknim aylana isitgichni va pechkani sachrayotgan yog'dan saqlaydi. Go'sht pishirayotganingizda, yog' filtridan foydalanishingizni tavsiya qilamiz. Undan tayyoralanadiga mahsulotlarni tayyorlaganingizda, doimo filtrni chqarib tashlang. Agar pishiriq pishirayotganingizda filtr o'rnatilgan bo'lsa, pishiriq yaxshi pishmasligi mumkin.

O'zbek - 13

PECH04 BOSHQARUV TUGMALARI VA AKSESSUARLARI

Neo Lite_NV70H3340RS_WT_DG68-00591A-01_UZ.indd 13

2014-07-16 ￿￿ 4:53:34

Page 109
Image 109
Samsung NV70H3350RS/WT manual Universal patnisi Modelga qarab, Chuqurlashtirilgan patnis Modelga qarab