ushbu qo'llanmadan foydalanish

SAMSUNG ichki qurilgan pechini tanlaganingiz uchun rahmat.

Bu qo'llanmada xavfsizlik bo'yicha muhim ma'lumotlar va qurilmangizdan foydalanish, va unga texnik xizmat ko'rsatishda yordam berish uchun mo'ljallangan ko'rsatmalar mavjud.

Iltimos, pechdan foydalanishdan avval ushbu Foydalanuvchi qo'llanmasini o'qib chiqing va undan kelajakda foydalanish uchun saqlab qo'ying.

Ushbu qo'llanma matnida quyidagi belgilardan foydalaniladi:

OGOHLANTIRISH yoki DIQQAT

IZOH yoki MA'LUMOT

xavfsizlik bo'yicha ko'rsatmalar

Bu pechni o'rnatish faqat litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan bajarilishi kerak. O'rnatuvchi ushbu qurilmani asosiy elektr tarmog'iga xavfsizlik bo'yicha tegishli tavsiyalarga amal qilgan holda ulash uchun javobgardir.

OGOHLANTIRISH

Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas. Ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida ularga ko'rsatma bergan yoki nazorat qilib turgan hollar bundan mustasno.

Bolalar moslama bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib turishingiz kerak.

Agar elektr kabeli nuqsonli bo'lsa, uni maxsus kabelga yoki ishlab chiqaruvchi, yoki xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli agentdan xarid qilinishi mumkin bo'lgan elektr tarmog'iga ulanish to'plamiga almashtirish zarur. (Faqat mahkamlanuvchi simli turdagi model)

Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak. (Faqat elektr tarmog'iga ulash shnuri turidagi model)

Ushub moslama o'rnatgandan so'ng yetkazib beruvchidan ajratilishga ruxsat berilishi kerak. Vilkaga yetish yoki ulash qoidalariga asoslangan holda statsionar prokladkadagi viklyuchatelni yoqish orqali uzilishga erishsa bo'ladi.

O'zbek - 4

Neo Lite_NV70H3340RS_WT_DG68-00591A-01_UZ.indd 4

2014-07-16 ￿￿ 4:53:29

Page 100
Image 100
Samsung NV70H3350RS/WT manual Ushbu qollanmadan foydalanish, Xavfsizlik boyicha korsatmalar