xavfsizlikka oid ma’lumotlar

XAVFSIZLIKKA OID

MA’LUMOTLAR

Jihozdan foydalanishdan avval ushbu qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqing va ma’lumot uchun saqlab qo‘ying.

Ushbu jihozdan mazkur ko‘rsatmada keltirilgan maqsadlardagina foydalaning. Jismoniy, his qilish yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki yetarlicha tajriba va bilimga ega bo‘lmagan shaxslar (jumladan bolalar), agar mazkur shaxslarning xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan kishilar tomonidan shu jihozdan foydalanish bo‘yicha nazorat yoki ko‘rsatmalar berilmagan bo‘lsa, ushbu jihozdan foydalanmasliklari zarur.

8 yosh va undan katta bolalar hamda jismoniy, his qilish yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki yetarlicha tajriba va bilimga ega bo‘lmagan shaxslar, agar ularga jihozdan xavfsiz foydalanish va unga bog‘liq bo‘lgan xavflarni tushunish bo‘yicha nazoratga olingan yoki ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, ushbu jihozdan foydalanishlari mumkin. Bolalar bu jihoz bilan o‘ynashmasliklari kerak. Biror bir nazoratsiz, bolalar jihozni tozalashi

02_ xavfsizlikka oid ma’lumotlar

yoki unga foydalanuvchi ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan texnik xizmatni ko‘rsatishi mumkin emas.

Ushbu qo‘llanmadagi Ogohlantirishlar va muhim xavfsizlik ko‘rsatmalari sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha sharoitlar va vaziyatlarni o‘z ichiga olmaydi. Jihozni o‘rnatishda, unga texnik xizmat ko‘rsatishda yoki undan foydalanishda aql-idrokka tayanish, ehtiyotkorlik va ziyrak bo‘lish o‘z mas’uliyatingizga kiradi.

Chunki foydalanish bo‘yicha mazkur ko‘rsatmalar jihozning turli modellarini ham o‘z ichiga oladi, jihozingizning texnik ma’lumotlari ushbu qo‘llanmada keltirilgan modellardan biroz farq qilishi mumkin. Sovituvchi moddalar sifatida R-600a yoki R-134a dan foydalanilgan. Sovutkichingiz uchun qanday sovituvchi modda ishlatilganini ko‘rish uchun jihoz orqa tarafidagi kompressor yorlig‘ini yoki sovutkich ichidagi ma’lumot yorlig‘ini tekshiring. Agar bu mahsulot ichida yonuvchan gaz (R-600a sovituvchi moddasi) bo‘lsa, ushbu jihozni xavfsiz chiqitga chiqarishda mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qiling.

DA68-02833R-25.indb 2

2017. 7. 26. �� 1:56