po‘lat sim va h.k.) foydalanmang.

-- Jihozni ta’mirlash yoki qayta o‘rnatishga to‘g‘ri kelsa, sizga eng yaqin bo‘lgan servis markaziga murojaat qiling.

-- Bunga amal qilmaslik tok urishiga, yong‘inga, jihozda muammo yuzaga kelishiga yoki tan jarohatiga sabab bo‘lishi mumkin.

• Agar jihozdan g‘alati ovoz chiqsa, yonish yoki tutun chiqayotganini sezsangiz, elektr kabel sanchqisini darhol tokdan uzing va sizga eng yaqin bo‘lgan servis markaziga murojaat qiling.

-- Ushbu talabga rioya qilmaslik elektr yoki yong‘in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

Sovutkichning ichki chiroqlarini almashtirishdan avval elektr kabeli sanchqisini rozetkadan uzib qo‘ying.

-- Aks holda, tok urishi xavfi bor.

Agar chiroqni almashtirishda qiyinchilik tug‘ilsa, servis agentingizga murojaat qiling.

Agar jihozga LED-chiroq o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘zingiz bu chiroqning qopqog‘i va LED-chiroqni undan yechib ola ko‘rmang.

-- Sizga xizmat ko‘rsatuvchi agentga murojaat qiling.

• Elektr kabeli sanchqisini devordagi

10_ xavfsizlikka oid ma’lumotlar

rozetkaga yaxshilab ulang. Buzuq elektr kabeli sanchqisi, shikast yetgan elektr kabeli yoki liqillab qolgan devordagi rozetkadan foydalanmang.

-- Bu tok urishiga olib kelishi yoki yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.

Suv bilan to‘ldirilgan idishni jihoz ustiga qo‘ymang.

-- Agar to‘kilib ketadigan bo‘lsa, yong‘in yoki tok urishi xavfi bor.

UV LED-chiroqqa uzoq muddat tikilib turmang.

-- Bu ultrabinafsha nur sababli ko‘zlaringiz tinib qolishiga olib kelishi mumkin.

FOYDALANISHDAGI DIQQAT OGOHLANTIRISH

BELGILARI

• Jihoz juda yaxshi ishlashi uchun

-- Oziq-ovqat mahsulotlarini jihozning orqa tarafidagi shamollatish teshiklariga juda yaqin qo‘ymang, chunki ular sovutkich bo‘lmasida havoning erkin aylanishiga xalaqit qilishi mumkin.

-- Oziq-ovqat mahsulotini sovutkichga qo‘yishdan avval uni yaxshilab o‘rang yoki qopqog‘i zich yopiladigan idishga soling.

-- Yangi qo‘yilayotgan oziq-ovqat

DA68-02833R-25.indb 10

2017. 7. 26. �� 1:56