shikastlangan elektr kabelidan foydalanmang.

Elektr kabelini tortmang yoki haddan ortiq egmang.

Elektr kabelini eshmang yoki bog‘lamang.

Elektr kabelini metal buyumlarga osmang, uning ustiga og‘ir narsalarni qo‘ymang, uni ikki buyum orasiga qo‘ymang yoki bu elektr kabelini jihoz orqasidagi bo‘sh joyga itarib kiritmang.

-- Sovutkichni surayotganda uni elektr kabeli ustidan o‘tkazib yubormaslik yoki elektr kabeliga shikast yetkazmlaslik uchun ehtiyot bo‘lib harakatlaning.

-- Bu tok urishiga olib kelishi yoki yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.

Sovutkich yaqinida aerozollardan foydalanmang.

-- Sovutkich yaqinida foydalanilgan aerozollar portlash yoki yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.

-- Elektr kabelini haddan ortiq egmang yoki uning ustiga og‘ir narsalarni qo‘ymang.

• Bu sovutkichdan foydalanishdan oldin uni foydalanuvchi qo‘llanmasiga muvofiq tarzda o‘rnatish va joylashtirish zarur.

• Sovutkichni zax yerga yoki suv
tegishi mumkin bo‘lgan joyga o‘rnatmang.

-- Elektrik qismlar izolyatsiyasining yomonlashuvi tok urishi yoki yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.

Elektr kabeli sanchiqisini to‘g‘ri holatda va u bemalol osilib turadigan holatda ulang.

-- Agar elektr kabeli sanchqisni pastdan yuqoriga qilib ulasangiz, elektr simi uzilishi va yong‘in yoki tok urishini keltirib chiqarishi mumkin.

Elektr kabeli sanchiqisi suvutkich orqasida qisilib qolmagani yoki unga shikast yetmaganiga ishonch hosil qiling.

Sovutkichni surayotganda uni elektr kabeli ustidan o‘tkazib yubormaslik yoki elektr kabeliga shikast yetkazmlaslik uchun ehtiyot bo‘lib harakatlaning.

-- Bu yong‘in xavfini keltirib chiqaradi.Qadoqlash materiallarini bolalardan uzoqroq saqlang.

-- Chunki, ularni boshlariga kiygan bolalarda dimiqishdan o‘lib qolish xavfi bor.

Bu jihoz elektr kabeli sanchqisi rozetkaga oson ulanishi mumkin bo‘lgan joyga o‘rnatilishi zarur.

-- Ushbu talabga rioya qilmaslik elektr yoki yong‘in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

• Bu jihozni isitkich, oson

xavfsizlikka oid ma’lumotlar _05

DA68-02833R-25.indb 5

2017. 7. 26. �� 1:56