-Sovutgich eshigini ochganingizda yoki yopganingizda bu narsalar tushib ketishi va shaxsiy jarohatlanishga va/yoki moddiy zararga sabab bo'lishi mumkin.

FOYDALANISH

OGOHLANTIRISH

BO'YICHA MUHIM

OGOHLANTIRUVCHI

BELGILAR (DAVOMI)

• Sovutgichga suv to'ldirilgan narsalarni joylashtirmang.

-Suv to'kilib ketgan hollarda elektr toki urishi yoki yong'in chiqish xavfi mavjud.

Bolalar Sovutgich eshigiga osilishiga yo'l qo'ymang.

-Ushbu talabga amal qilmaslik shikastlanishga sabab bo'lishi mumkin.

Sovutgich qarovsiz bo'lgan hollarda uning eshigini ochiq qoldirmang va bolalarning Sovutgich ichiga kirishiga yo'l qo'ymang.

-Bolalarning qamalib qolish va past haroratdan jiddiy shikastlanish xavfi mavjud.

Taqsimlash qurilmasi tirqishiga barmoqlaringiz yoki boshqa buyumlarni tiqmang.

-Ushbu talabga amal qilmaslik jiddiy shaxsiy shikastlanishga yoki moddiy zararga olib kelishi mumkin.

06_ xavfsizlik texnikasi haqida ma'lumot

Sovutgichda benzol, erituvchilar, spirt, efir yoki suyultirilgan gaz kabi uchuvchan yoki yonuvchan narsalarni saqlamang.

-Bunday mahsulotlarni joylashtirish portlashlarga olib kelishi mumkin.

Quyi haroratlarda saqlanishi kerak bo'lgan farmasevtika mahsulotlari, ilmiy materiallar yoki quyi haroratlarda saqlanishi kerak bo'lgan boshqa narsalarni Sovutgichda saqlamang.

-Qat'iy harorat nazoratini talab qiluvchi mahsulotlarni Sovutgichga joylashtirmaslik kerak.

Elektr qurilmalarini Sovutgichga joylashtirmang yoki ulardan Sovutgich ichida foydalanmang, ishlab chiqaruvchi shu maqsadlar uchun tavsiya qilingan elektr qurilmalari bundan mustasno.

Sovutgich ichini quritish uchun soch quritgichdan foydalanmang. Yomon hidlarni ketkazish uchun yoqilgan shamlarni Sovutgich ichiga joylashtirmang.

-Bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Muzlatuvchi kamera ichki devorlariga yoki muzlatuvchi kameraga joylashtirilgan mahsulotlarga nam qo'llaringiz bilan tegmang.

DA99-02116B-32.indb 06

2015. 6. 10. ￿￿ 8:38