Suv baki, muz patnisi va suv kubiklarini faqat ichimlik suvi (mineral suv yoki tozalangan suv) bilan to'ldiring.

-Suv bakini choy, sharbat yoki sport ichimligi bilan to'ldirmang, bu muzlatkichni shikastlashi mumkin.

Jihoz ustiga chiqmang yoki (yuvilgan kir, yoqilgan sham, yoqilgan sigaret, idishlar, kimyoviy reaktivlar, metall buyumlar singari) narsalarni qo'ymang. Bu tok urishi, yong'in, portlash, mahsulot bilan bog'liq muammolar yoki jarohatga sabab bo'lishi mumkin. Suv to'ldirilgan idishni qurilma ustiga qo'ymang.

-Agar suv to'kilib ketsa, elektr tokidan zarba olishingiz yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Muz erishi jarayonini tezlashtirish uchun ishlab chiqaruvchi tavsiya qilganlaridan o'zga mexanik qurilmalar va boshqa vositalardan foydalanmang.

Sovitish kimyoviy moddasining aylanish sxemasiga zarar yetkazmang.

Hech qachon ultrabinafshali elektr diod chirog'iga uzoq vaqt tikilib turmang.

-Bu ultrabinafsha nurlari sababli ko'zning charchashiga olib kelishi mumkin.

Muzxona polkasini teskarisiga qo'ymang. Polka probkasi ishlamasligi mumkin.

-Bu shisha polkaning tushib ketishi tufayli shaxsning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.

Barmoqlaringizni "qisib qoladigan" joylardan uzoqroq tuting. eshiklar orasidagi bo'sh joylar va shkaf ataylab kichik qilingan. Bolalar yaqin atrofda bo'lganda eshikni ochishda ehtiyot bo'ling.

ma‘lumotlar bo‘yicha xavfsizligi Texnika

O'zbek  15

Untitled-13 15

 

 

2018-01-09 ￿￿ 6:28:31