XAVFSIZLIK BO’YICHA MUHIM KO’RSATMALAR

Elektr qurilmasidan foydalanganda asosiy ehtiyot choralariga, jumladan quyida bayon qilinganlarga amal qilish lozim.

ROBOTLASHTIRILGAN CHANGYUTGICHDAN FOYDALANISHDAN AVVAL BARCHA KO’RSATMALARNI O’QIB CHIQING

Changyutgichdan foydalanilmayotgan vaqtda hamda unga texnik xizmat ko’rsatishdan avval uni elektr tarmog’i rozetkasidan uzib qo’ying.

OGOHLANTIRISH: yong’in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohatlanishning oldini olish uchun quyida keltirilgan ehtiyotkorlik choqaralriga amal qiling.

UMUMIY MA’LUMOTLAR

Qurilmadan faqat ushbu qo’llanmaga muvofiq tarzda foydalaning.

Robotlashtirilgan changyutgich va zaryadlash qurilmasidan biror bir shikastlanishlar mavjud bo’lgan hollarda foydalanmang.

Agar chanyutgich kerakli darajada ishlamasa, tushib ketsa, shikastlansa, ma’lum vatq ko’chada yoki suv ichida yotgan bo’lsa, uni xaridorlarni qo’llab-quvvatlash markaziga olib boring.

Robotlashtirilgan changyutgich yoki zaryadlash qurilmasiga ho’l qo’llaringiz bilan tegmang.

Qurilmadan faqat xona ichida va faqat quruq sirtlar ustida foydalaning.

Agar ular nazorat ostida bo’lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu mashinadan foydalanish to’g’risida ko’rsatmalar berilgan bo’lsa, bu qurilmadan 8 yoki undan kattaroq yoshdagi bolalar, jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar foydalanishlari mumkin.

Bolalarga qurilma bilan o’ynash ta’qiqlanadi. Tozalash va texnik xizmat ko’rsatish bolalar

tomonidan nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak.

ZARYADLASH QURILMASI

Qutblashmagan rozetkaga yoki uzaytirgichga ulash uchun qutblashgan vilkadan foydalanmang.

Qurilmadan ko’chada yoki nam sirt ustida foydalanmang.

Undan foydalanilmagan vaqtda hamda unga texnik xizmat ko’rsatishda zaryadlash qurilmasini rozetkadan uzib qo’ying.

Zaryadlash uchun faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan zaryadlash qurilmasidan foydalaning.

Elektr tarmog’iga ulash kabeli yoki vilka shikastlangan bo’lsa, qurilmadan foydalanmang.

Elektr tarmog’iga ulash kabelidan tortmang, undan qurilmani siljitishda foydalanmang, kabelni eshikka qismang, o’tkir qirralar yoki burchaklar atrofida tortmang. Elektr tarmog’iga ulash kabelini issiq yuzalardan uzoqroq saqlang.

Ehtiyotkorlik choralari _03

Page 123
Image 123
Samsung VR10CTBATRD/EV, VR10DTBATBB/EV, VR10ATBATRD/EV, VR10BTBATBB/EV manual Xavfsizlik BO’YICHA Muhim KO’RSATMALAR