Ehtiyotkorlik choralari

Tok bo’yicha yetarlicha ruxsat berilgan yuklanishga ega bo’lmagan uzaytirgichlar va rozetkalardan foydalanmang.

Rozetkadan uzishda elektr tarmog’iga ulash kabelidan tortmang. Qurilmani rozetkadan uzish uchun kabeldan emas, vilkadan ushlagan holda torting.

Batareyalarni qismlarga ajratmang va ularni yoqmang, chunki yuqori haroratlarda ular portlab ketadi.

Zaryadlash qurilmasini o’zingizcha ochishga harakat qilmang. Ta’mirlash faqat xaridorlarni qo’llab-quvvatlash markazining malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Zaryadlash qurilmasini yuqori haroratlar ta’siriga qo’ymang va uning namlik yoki ho’l narsalarga tegishiga yo’l qo’ymang.

ROBOTLASHTIRILGAN CHANGYUTGICH

Robotlashtirilgan changyutgich yordamida shisha, mix, vint, tangalar kabi qattiq va o’tkir buyumlarni yig’mang.

Changyutgichdan filtrsiz foydalanmang. Texnik xizmat ko’rsatganda hech qachin barmoqlaringiz va boshqa buyumlarni vetnilyator bo’lmasiga tiqmang, chunki qurilma tasodifan ishga tushib ketishi mumkin.

Tirqishlarga hech qanday buyumlarni tiqmang. Qurilmadan tirqishlar to’sib qo’yilgan holda foydalanmang, tirqishlarga chang, mum, sochlar va havo oqimiga qarshilik qilishi mumkin bo’lgan har qanday narsaning tushishiga yo’l qo’ymang.

Changyutgich yordamida zaharli moddalarni (xlorli oqartirgich, ammiak, kanalizatsiya trubalari tozalagichi va boshq.) yig’mang.

Yonayotgan va tutun chiqarayotgan narsalarni, masalan, sigareta, gugurt yoki issiq kul kabilarni changyutgich yordamida yig’mang.

Robotlashtirilgan changyutgich yordamida benzin kabi oson o’t o’luvchi yoki yonuvchan moddalarni yig’mang hamda changyutgichdan ular bo’lishi mumkin joylarda foydalanmang.

Robotlashtirilgan changyutgichdan havosi tarkibida moyli bo’yoq, ertuvchi, hashorotlarga qarshi suyuqliklarning bug’lari yoki oson o’t oluvchi changlar yoki boshqa portlovchi yoki zaharli bug’lar mavjud bo’lgan yopiq xonalarda foydalanamang.

Ko’p foydalanilgan vaqtlarda va ekstremal haroratli sharoitlar ta’siri ostida batareyalar oqib ketishi mumkin. Agar batareya suyuqligi teriga tegsa, uni iloji boricha tezroq suv bilan yuvib tashlang. Agar suyuqlik ko’zga tushsa, uni kamida 10 daqiqa davomida toza suv bilan yaxshilab yuving. Shifokorga murojaat qiling.

04_ Ehtiyotkorlik choralari

Page 124
Image 124
Samsung VR10DTBATBB/EV, VR10ATBATRD/EV, VR10BTBATBB/EV, VR10CTBATRD/EV manual Robotlashtirilgan Changyutgich