Ishga tushirishdan avval

Kir yuvish bo’yicha ko’rsatmalar

Ishga tushirishdan avval

1-QADAM - Turlarga ajratish

Kirlarni quyidagi mezonlar bo’yicha turlarga ajrating:

Yuvish bo’yicha ko’rsatma berilgan yorliq: Yuviladigan kirlarni paxta, aralash matolar, sintetika, ipak, jun va viskozadan qilingan buyumlar turlariga ajrating.

Rangi: Oq rangdagilarni ranglilaridan ajrating.

O’lchami: Turli o’lchamdagi kiyimlarni barabanga birgalikda solish kir yuvish samaradorligini yaxshilaydi.

Ta’sirchanlik: Toza, yangi junli buyumlar, pardalar va ipakli buyumlar uchun Oson dazmollash opsiyasidan foydalanib nozik buyumlarni alohida yuving. Buyumlarning yorliqlarini tekshiring.

IZOH

Kir yuvishni boshlashdan avval kiyimlar yorliqlarini albatta tekshiring va ularni tegishli turlarga ajrating.

2-QADAM - Cho’ntaklarni bo’shatish

Yuviladigan kiyimlaringizning barcha cho’ntaklarini bo’shating

Kiyimlardagi tanga, to’g’nag’ich va to’qa kabi buyumlar boshqa kiyimlar hamda barabanni shikastlashi mumkin.

Tugma va kashtali kiyimlarini ichini ag’darib soling

Agar yuvish vaqtida shimlar va kurtkalarning zamoklari ochiq bo’lsa, baraban shikastlanishi mumkin. Zamoklar yopilishi va ip bilan bog’lab qo’yilishi kerak.

Uzun bog’ichlari bo’lgan kiyimlar boshqa kiyimlar bilan aralashib ketishi mumkin. Kir yuvishni boshlashdan avval iplarning biriktirib qo’yilganligiga ishonch hosil qiling.

3-QADAM - Kir yuvish to’ridan foydalanish

Ko’krakpechlar (suvda yuvish mumkin bo’lgan) kir yuvish to’riga joylashtirilishi kerak. Ko’krakpechlarning metall qismlari boshqa kirlarni teshishi va yirtishi mumkin.

Paypoq, qo’lqop, chulki paypoqlari va ro’molchalar singari kichkina va yengil kiyimlar eshikka tiqilib qolishi mumkin. Ularni nozik materialdan qilingan kir yuvish to’r qopchalariga joylashtiring.

Kir yuvish to’r qopchasini boshqa kirlarga qo’shmagan holda alohida yuvmang. Bu kir yuvish mashinasini siljitib yuborishi va shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan kuchli tebranishlarni hosil qilishi mumkin.

26  O’zbekcha

WD90J6410AW_DC68-03591R-04_UZ.indd 26

2017/3/8 10:00:25

Page 206
Image 206
Samsung WD90J6410AS/LD manual Kir yuvish bo’yicha ko’rsatmalar, Qadam Turlarga ajratish, Qadam Cho’ntaklarni bo’shatish