O’rnatish

O’rnatish

Pol qoplamasi

Kir yuvish mashinasi eng yaxshi darajada ishlashi uchun u tekis va qattiq sirtga o’rnatilgan bo’lishi kerak. Tebranishlarni va/yoki muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish uchun yog’och pollarni mustahkamlash talab qilinishi mumkin. Gilam qoplamalar va kafelli pollar tebranishlarga yaxshi qarshilik ko’rsatmaydi va siqish rejimida kir yuvish mashinasining ozgina siljishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki noturg'un sirtlarga O'RNATMANG.

Suv harorati

Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo’lgan joylarga o’rnatmang, chunki suv mashinasining klapanlari, nasoslari va/yoki shlanglarida doimo ma’lum miqdorda suv qoladi. Ulanish qismlarida qolgan muzlagan suv kamarlar, nasos va kir yuvish mashinasining boshqa qismlariga shikast yetkazishi mumkin.

Tokcha yoki shkafga o’rnatish

Barqaror ishlashi uchun minimal masofalar:

Yon

 

 

 

tomonlar

25 mm

Orqadan

50 mm

bo'yicha

 

 

 

 

 

 

 

Yuqoridan

25 mm

Old

550 mm

tomondan

 

 

 

 

 

 

 

Agar kir yuvish mashinasi va quritgich bir joyga o’rnatilsa, tokcha yoki bo’lmaning old tomonida kamida 550 mm bo’lgan to’siqsiz havo kirish tirqishiga ega bo’lishi kerak. Kir yuvish mashinasining o’zi uchun hech qanday maxsus havo kirish tirqishi talab qilinmaydi.

18  O’zbekcha

WD90J6410AW_DC68-03591R-04_UZ.indd 18

2017/3/8 10:00:23

Page 198
Image 198
Samsung WD90J6410AS/LD manual Pol qoplamasi, Suv harorati, Tokcha yoki shkafga o’rnatish, 25 mm