ehtiyotkorlik choralari

OGOHLANTIRISH! O’RNATISHGA OID MUHIM OGOHLANTIRUVCHI MA’LUMOTLAR

Ushbu mashinani o’rnatish malakali texnik yoki sizmat ko’rsatuvchi kompaniya tomonidan amalga oshirilishi kerak.

-Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong’in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina og’ir, shuning uchun uni ko’targanda ehtiyot bo’ling.

Elektr tarmog’iga ulash shnurini 220-240 V / 50 Gts li devor rozetkasiga ulang va bu rozetkadan faqat ushbu mashinani ulash uchun foydalaning. Bundan tashqari uzatma simidan foydalanmang.

-Uchtalik yoki uzaytma sizdan foydalanagan holda rozetkaga boshqa qurilmalarni ulash elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

-Elektr kuchlanishi, chastotasi va tok kuchining mahsulot xususiyatlarida ko’rsatilganlari bilan bir xil ekanligiga ishonch hosil qiling. Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin. Elektr manbaiga ulash vilkasi rozetkaga mahkam tiqilgan bo’lishi kerak.

Elektr manbaiga ulash vilkasi kontaktlaridan chang yoki suv kabi begona narsalarni quruq latta bilan muntazam ravishda tozalab turing.

-Elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va quruq latta bilan arting.

-Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga shnur polda bemalol yotadigan tarzda tiqing.

-Agar elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga elektr manbaiga ulash shnuri qarama-qarshi yo’nalishda ketadigan tarzda tiqsangiz, shnur ichidagi elektr simlar shikastlanishi va bu elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Barcha qadoqlash materiallarini bolalarning qo’llari yetmaydigan joylarda saqlang, chunki qadoqlash materiallari ular uchun xavfli bo’lishlari mumkin.

- Agar bola paketga boshini tiqsa, bu uning bo’g’ilib qolishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina, elektr manbaiga ulash vilkasi yoki shnuri shikastlangan hollarda o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Ushbu mashina ishonchli tarzda yerlashtirilgan bo’lishi kerak.

Ushbu mashinani gaz ta’minoti trubasi, plastik vodoprovod trubasi yoki telefon liniyasi orqali yerlashtirmang.

-Bu elektr toki urishi, yong’in chiqishi, portlash yoki mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.

-Nazarda tutilgan holatda yerga tutashtirilmagan rozetkaga elektr shnurini tiqmang. Yerga tutashtirish mahalliy va mamlakatda ko’zda tutilgan qoidalarga muvofiq holda amalga oshirilganligiga ishonch hosil qiling.

Ushbu mashinani isitgichlar yoki har qanday yonuvchan materiallar yaqiniga o’rnatmang . Ushbu mashinani nam, yog’li yoki chang bosgan joylar yoki to’g’ridan-to’g’ri quyosh yoki suv (masalan, yomg’ir tomchilari ostiga) ta’siri ostidagi joylarga o’rnatmang.

Ushbu mashinani past haroratli joylarga o’rnatmang.

- Muzlash trubalarning yorilishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashinani gaz chiqib ketishi mumkin bo’lgan joylarga o’rnatmang.

- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Elektr transformatorlaridan foydalanmang.

- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Shikastlangan elektr manbaiga ulash vilkasi, shikastlanagan elektr manbaiga ulash shnuri yoki kontaktlari bo’shab qolgan rozetkadan foydalanmang.

-Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

O'zbekcha - 6

WF-M602XQR-02994R_UZ.indd 6

2014/10/22 13:46:51

Page 138
Image 138
Samsung WF-M602XQR/YLP manual Ehtiyotkorlik choralari