tozalash vositalari bilan zararlangan kiyimlarni yuvmang, chaymang yoki siqmang.

-Bu moyning oksidlanishidan hosil bo’luvchi yuqori harorat tufayli o’z-o’zidan yonib ketishga yoki birdan yonib ketishga olib kelishi mumkin.

Suvni sovutish/isitish qurilmalaridan olingan suvdan foydalanmang.

-Bu kir yuvish mashina bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin Kir yuvish mashinasi uchun tabiiy qo’l yuvish sovunidan foydalanmang.

-Agar u kir yuvish mashinasining ichida qotib qolsa yoki to’plansa, bu kir yuvish mashinasining nosozligi, ranglarning o’chishi, zanglar yoki noxush hidlarning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.

Choyshab singari yirik buyumlarni kir yuvish to’riga joylashtirgan holda yuvmang.

-Paypoq va byustgalterlarni yuvish to’riga joylashtiring va ularni boshqa yuviladigan kirlar bilan birgalikda yuving.

-Bu talabga amal qilmaslik kuchli tebranishlar tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin. Qotib qolgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang.

-Agar ular kir yuvish mashinasi ichida to’planib qolsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinasining asosida havo almashish tirqishlari mavjud bo’lsa, ularning gilam yoki havo o’tishiga to’sqinlik qiluvchi boshqa buyumlar bilan to’sib qo’yilmaganligini tekshiring.

Yuvilishi kerak bo’lgan barcha kiyimlar cho’ntaklarining bo’sh ekanligiga ishonch hosil qiling.

- Tangalar, to’g’nag’ichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, o’tkir buyumlar kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Katta to’qalari, tugmalari yoki boshqa og’ir metall buyumlari mavjud bo’lgan kiyimlarni yuvmang.

KIR YUVISH MASHINASINI TOZALASHGA OID MUHIM OGOHLANTIRISH! OGOHLANTIRUVCHI MA’LUMOTLAR

Kir yuvish mashinasini unga suv sepish yo’li bilan tozalamang. Kuchli kislotaviy tozalash vositalaridan foydalanmang.

Kir yuvish mashinasini tozalash uchun benzin, erituvchilar yoki spirtdan foydalanmang.

-Bu ranglarning o’chishi, deformatsiyalanish, elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin

Kir yuvish mashinasini tozalash yoki unga texnik xizmat ko’rsatishdan avval uni devordagi rozetkadan uzing.

- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

WEE BELGISIGA OID KO’RSATMALAR

Ushbu mashinani to’g’ri chiqitga chiqarish (Keraksiz elektr va elektronika jihozi)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig’ish tizimiga ega bo’lgan mamlakatlarga tegishli)

Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o’tab bo’lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo’lmasligini ko’rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo’lgan zararlarning oldini olish uchun mahsulot va uning elektron aksessuarlarini boshqa chiqindilardan ajratib olgan holda chiqitga chiqaring. Mahsulotni tabiatni saqlashga oid qonunlarga muvofiq chiqitga chiqarish joyi va usuli to’g’risidagi ma’lumotlarni sotuvchidan yoki tegishli mahalliy davlat tashkilotidan olish mumkin.

Biznes bilan shug’ullanuvchi foydalanuvchilar o’zlarining ta’minotchilari bilan bog’lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa ishlab chiqarish chiqindilari bilan birgalikda chiqitga chiqarish ta’qiqlanadi.

O'zbekcha - 11

WF-M602XQR-02994R_UZ.indd 11

2014/10/22 13:46:51

Page 143
Image 143
Samsung WF-M602XQR/YLP manual WEE Belgisiga OID KO’RSATMALAR