Samsung WF-M602XQR/YLP Tezkor kir yuvish, Barabanni Eco tozalash dasturi, Kir yuvish kechiktirish

Models: WF-M602XQR/YLP

1 176
Download 176 pages 56.67 Kb
Page 135
Image 135

• Tezkor kir yuvish

Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! Bizning 15 daqiqalik tezkor kir yuvishga mos keluvchi Быстрая 15’ (Tezkor 15’) dasturimiz sizga kir yuvish va boshqa ishlar bilan shug’ullanishingizga imkon beradi. Endi siz o’zingizning yoqtirgan kiyimlaringizni (2 kg gacha) 15 daqiqada yuvishingiz mumkin!

• Barabanni Eco tozalash dasturi

Barabanni Eco tozalash dasturidan foydalanish kir yuvish mashinangizni gigienik jihatdan eng yuqori darajada toza saqlashingizga yordam beradi. Ushbu funksiyada barabanni tozalash uchun kimyoviy kir yuvish vositalaridan foydalanishdan (yoki foydalanmaslikdan) iborat qo’shimcha funkisyasi mavjud, u kir yuvish tejamkorligi / samaradorligi boyicha sizning istaklaringizni hisobga oladi, bu funksiya Samsung kompaniyasi tomonidan kimyoviy kir yuvish vositalarini qo’llamasdan talab qilingan natijalarga erishish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu maxsus dasturiy tozalashdan foydalangan holda barabaningizni toza va hidlardan holi saqlang, bunda issiq suv (70°C) barabanda tezroq aylanadi, yaxshilab yuvish jarayoni 90 daqiqadan ko’p davom etmaydi. Bunda u yerda ko’payishi va yo’qotilmagan hollarda noxush hidlarning paydo bo’lishi va buyumlarning rangini o’chishiga olib kelishi mumkin bo’lgan mog’or va bakteriyalar yo’q qilinadi.Ushbu dastur sizga narsalaringizni anchagina past haroratlarda muntazam ravishda yuvish va uning yuqori gigienik darajasini ta’minlash uchun barabanni davriy ravishda tozalab turishga imkon bergan holda Eco Bubble dasturini ajoyib tarzda qo’llab-quvvatlaydi

• “Bolalardan qulflash” funksiyasi

“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalarning mashina ishlashiga aralashishi ehtimolligini oldini olishga imkon beradi. Ushbu xavfsizlik funksiyasi bolalarning kir yuvish mashinasini ishlatishlariga yo’l qo’ymaydi va u faollashtirilgan hollarda signal beradi.

• Kir yuvish kechiktirish

Kir yuvish siklini bir soatli qadamlar bilan 19 soatgacha kechiktirishga imkon beradi, bu esa ayniqsa uydan biror yerda ketishga to’g’ri kelgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanish qulayligini yanada oshiradi.

• Raqamli grafik displey

Raqamli grafik displeyga ega bo’lgan boshqaruv paneli juda sodda va foydalanishga qulaydir. Foydalanishga qulay bo’lgan raqamli grafik displey tufayli kir yuvishning eng yaxshi natijalariga erishish uchun kir yuvish rejimi sozlamalarini sozlashni tez va aniq bajarish mumkin.

• Keng eshikcha

Qulay ko’rish uchu katta diametrdagi eshikcha! Yuklanish va kirlarni, ayniqsa yirik kirlar, masalan, choyshablar, sochiq kabilarni chiqarib olishni osonlashtiradi.

• Suv uchun Aqua shlang modeli va suv oqib chiqishi datchigi (ayrim modellarda)

Samsung kompaniyasi kir yuvish mashinalaridagi muvaffaqiyatli ishlab chiqilgan suv oqib chiqishidan himoyalash tizimi suv manbaiga ulanish joyida suv oqib chiqishining oldini oluvchi va suv oqib chiqishini aniqlash datchigining tag qismida joylashgan “aqlli” shlangni o’z ichiga oladi. Suv quyish shlangining ichki qatlami shikastlangan hollarda shlang ichida mavjud bo’lgan gubka kengayadi va krandan suv kirishingi to’sib qo’yadi.

• Keramik isitish elementi uzoq vaqt foydalanishni ta’minlaydi va elektr energiyasi harajatlarini kamaytiradi (ayrim modellarda)

Biz tomonimizdan yaratilgan keramik isitish elementi oddiy isitish elementlariga nisbatan ikki barobar uzoqroq xizmat qiladi.

Natijada ta’mirlash harajatlari kamayadi. Bundan tashqari suvning qattiqlik koeffitsienti kamayadi va elektr energiyasi tejab qolinadi.

Ushbu qo’llanmada yangi Samsung kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Unda siz boshqaruv panelining bayoni, kir yuvish mashinasidan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar va eng yangi imkoniyatlar va funksiyalardan foydalanish bo’yicha maslahatlarni topasiz. 37-sahifadaginosozliklarni izlash va bartaraf qilish va axborot kodlari” bo’limida yangi kir yuvish mashinasidagi nosozliklarni barataraf qilish bo’yicha maslahatlar keltirilgan.

O'zbekcha - 3

WF-M602XQR-02994R_UZ.indd 3

2014/10/22 13:46:50

Page 135
Image 135
Samsung WF-M602XQR/YLP Tezkor kir yuvish, Barabanni Eco tozalash dasturi, Bolalardan qulflash funksiyasi, Keng eshikcha