3-QADAM

Oyoqlar balandligini rostlash

Kir yuvish mashinasini o’rnatishda ta’minot kabeli, suvni quyish va suvni chiqarish shlanglariga oson kirishni ta’minlash kerak.

1.Kir yuvish mashinasini o’zingiz tanlagan joyga ko’chiring.

2.Rostlanadigan oyoqlar uzunligini ko’paytirish yoki

kamaytirish uchun ularni kerakli tomonga barmoqlar bilan aylantirib kir yuvish mashinasini to’g’rilab qo’ying.

3.Kir yuvish mashinasi to’g’rilangandan so’ng kir yuvish mashinasiga ilova qilingan gayka yordamida mahkamlab qo’ying.

4-QADAM

Suvni quyish va suvni chiqarish shlanglarini ulash

Suvni quyish shlangini ulash

1.L-simon uchlikka ega sovuq suvni quyish shlangini olib mashinaning orqa devoridagi sovuq suvni quyishning kiruvchi tirqishiga ulang. Birikmani qo’lda tortib qo’ying.

Suvni quyish shlangining bir uchini kir yuvish

 

Optsiya

mashinasiga, ikkinchi uchini esa vodoprovod

 

 

jo’mragiga ulash kerak. Suvni quyish shlangini

 

cho’zmang. Agar shlang kaltalik qilsa, uni

 

yuqori bosimga chidamli uzunroq shlangga

 

almashtiring.

 

2.Sovuq suvni quyish shlangining boshqa uchini

sovuq suvli vodoprovodning jo’mragiga ulang va birikmani qo’lda tortib qo’ying. Zarur bo’lsa, kir yuvish mashinasida suvni quyish shlangining holatini o’zgartirish mumkin. Buning uchun birikmani bo’shashtiring, shlangni burang va boshqatdan birikmani tortib qo’ying.

Issiq suvni qo’shimcha uzatishga ega bo’lgan ayrim modellar uchun:

1.Qizil L-simon uchli issiq suvni quyish shlangini olib mashinaning orqa devoridagi issiq suvni quyishning kiruvchi tirqishiga ulang. Birikmani qo’lda tortib qo’ying.

2.Issiq suvni quyish shlangining boshqa uchini issiq suvli vodoprovodning jo’mragiga ulang va birikmani qo’lda tortib qo’ying.

3.Agar faqat sovuq suvni ishlatmoqchi bo’lsangiz, Y-simon troynikdan foydalaning.

O'zbekcha - 17

01 kir yuvish mashinasini o’rnatish

WF-M602XQR-02994R_UZ.indd 17

2014/10/22 13:46:53

Page 149
Image 149
Samsung WF-M602XQR/YLP manual Oyoqlar balandligini rostlash, Suvni quyish va suvni chiqarish shlanglarini ulash