ehtiyotkorlik choralari

Yangi Samsung Diamond SS kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Ushbu qo’llanmada kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Iltimos, kir yuvish mashinangizning ko’pgina afzalliklari va imkoniyatlaridan to’liq darajada foydalana olishingiz uchun ushbu qo’llanmani o’qib chiqqani vaqt toping.

XAVFSIZLIK KO’RSATMALARI TO’G’RISIDA NIMALARNI BILISH KERAK

Iltimos, ushbu yangi kir yuvish mashinangizning ko’pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda boshqarishni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz uchun ushbu qo’llanmani diqqat bulan o’qib chiqing. Sizga keyinchalik kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni qidirishda undan foydalanish uchun ushbu qo’llanmani mashinaga yaqin bo’lgan xavfsiz joyda saqlang. Ushbu mashinadan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan maqsadlardagina foydalaning.

Ushbu qo’llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo’yicha muhim ko’rsatmalar bo’lishi mumkin bo’lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Mashinani o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan foydalanishda siz sog’lom fikr bilan ish ko’rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz va mashinani tegishli qarov bilan ta’minlashingiz kerak.

Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo’lganligi uchun kir yuvish mashinangizning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi belgilar ham sizning mashinangizga tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo’lsa, sizga eng yaqin bo’lgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling yoki onlayn rejimida www.samsung.com saytidan tavsiyalar yoki ma’lumotlar toping

MUHIM XAVFSIZLIK BELGILARI VA EHTIYOT CHORALARI

Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasida foydalaniladigan belgilar va ramzlar quyidagi ma’nolarni bildiradi:

 

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik

OGOHLANTIRISH!

jiddiy jarohat olish yoki o’limga olib kelishi mumkin.

 

 

 

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik

DIQQAT!

yengil jarohat olish yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.

 

 

 

Yong’in kelib chiqishi, portlash, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini

DIQQAT!

kamaytirish uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi ehtiyot

choralariga amal qiling.

 

Buni qilishga urinmang.

Qismlarga ajratmang.

Tegmang.

Ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling.

Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

Elektr toki urishini oldini olish uchun kir yuvish mashinasining yerga ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Yordam olish uchun xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Izoh.

4_ ehtiyotkorlik choralari

WF0400N2-02876C-13_UZ.indd 4

2014/8/25 10:54:21

Page 136
Image 136
Samsung WF0400N2N/YLP, WF0408N2N/YLP Ehtiyotkorlik choralari, Xavfsizlik KO’RSATMALARI TO’G’RISIDA Nimalarni Bilish Kerak