Suvni chiqarish

Samsung kompaniyasi balandligi 46 sm bo’lgan vertikal trubadan foydalanishni tavsiya qiladi. Suv chiqarish shlangi mashinaning orqa devorida joylashgan suv chiqarish shlangi qisqichi orqali suv chiqarish trubasiga tomon o’tkazilishi kerak. Suv chiqarish trubasi suv quyish shlangining tashqi diametriga mos kelishi uchun yetarli darajadagi katta diametrga ega bo’lishi kerak. Suv quyish shlangi kir yuvish mashinasiga ishlab chiqaruvchi zavodda biriktiriladi.

Pol qoplamasi

Kir yuvish mashinasi eng yaxshi darajada ishlashi uchun u tekis va qattiq sirtga o’rnatilgan bo’lishi kerak. Tebranishlarni va/yoki muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish uchun yog’och pollarni mustahkamlash talab qilinishi mumkin. Gilam qoplamalar va kafelli pollar tebranishlarning vujudga kelishiga ko’maklashadi, bunda siqish rejimida kir yuvish mashinasining ozgina siljishga moyilligi kuzatiladi.

Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki noturg’un sirtlarga o’rnatmang.

Atrof-muhit harorati

Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo’lgan joylarga o’rnatmang, chunki suv klapani, nasos va shlanglarda doimo oz miqdordagi suv qoladi. Trubalardagi muzlagan suv tasmalar, nasos va boshqa qismlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Tokcha yoki shkafga o’rnatish

Kir yuvish mashinasi xavfsiz tarzda va to’g’ri ishlashi uchun uni o’rnatishda quyidagi eng kam darajadagi zazorlar qoldirishga amal qilish kerak.

Yon tomonlar bo’yicha - 25 mm

Orqadan - 51 mm

Yuqoridan - 25 mm

Oldindan - 465 mm

Agar kir yuvish mashinasi va quritgich birgalikda o’rnatilgan bo’lsa, tokcha yoki shkafning old tomonida havo almashishi uchun uzunligi kamida 465 mm bo’lgan bo’sh joy qoldirilishi kerak. Kir yuvsih mashinasi alohida o’rnatilgan hollarda havo almashishi talab qilinmaydi.

Kir yuvish mashinasini o’rnatish

1-QADAM

Kir yuvish mashinasini o’rnatish uchun joyni tanlash

Kir yuvish mashinasini o’rnatishdan avval o’rnatiladigan joyning quyidagi talablarga javob berishiga ishonch hosil qiling.

Gilam qoplama yoki havo almashishiga to’sqinlik qilishi mumkin qoplamaga ega bo’lmagan qattiq, tekis sirtning mavjudligi.

To’g’ridan-to’g’ri tushadigan quyosh nurlaridan himoyalanganligi.

Yetarli darajadagi havo almashishiga egaligi.

Xonadagi haroratning 0 °C dan past bo’lmasligi.

Moyli yoki gas isitgichlar kabi issiqlik manbalaridan uzoqda joylashganligi.

Elektr manbaiga ulash kabeli kir yuvish mashinasining tagidan o’tmasligi uchun yetarli darajadagi joyning mavjudligi.

01 kir yuvish mashinasini o’rnatish

kir yuvish mashinasini o’rnatish _17

WF0400N2-02876C-13_UZ.indd 17

2014/8/25 10:54:22

Page 149
Image 149
Samsung WF0408N2N/YLP, WF0400N2N/YLP manual Kir yuvish mashinasini o’rnatish