Agar suv quyish shlangi krandan uzilsa va mashinani suvga ko’mib yubora boshlasa, elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing.

- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Mashinadan foydalanmasangiz, ta'minot vilkasini sug'urib qo'ying.

- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

DIQQAT! FOYDALANISHGA OID OGOHLANTIRUVCHI MA’LUMOTLAR

Kir yuvish mashinasi kir yuvish kukuni, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona buyumlar bilan ifloslangan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing va nam, yumshoq latta bilan kir yuvish mashinasini tozalang.

-Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning o’chishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan chiqishi yoki zanglashga olib kelishi mumkin.

Kuchli zarba ta’sirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda ehtiyot bo’ling.

- Oynaning sinishi jarohat olishga olib kelishi mumkin.

Suv quyish to’xtatilgandan keyin yoki suv quyish shlangini qaytadan ulashda kranni asta-sekinlik bilan oching.

Agar uzoq vaqt davomida mashinadan foydalanilmagan bo’lsa, kranni asta-sekinlik bilan oching.

-Suv quyish shlangi yoki vodoporvod trubasidagi havo bosimi mahsulot qismlarini shikastlashi yoki suvning oqib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.

Yuviladigan kirlarni ular kir yuvish mashinasining eshigiga turib qolmaydigan tarzda to’laligicha kir yuvish mashinasining ichiga joylashtiring.

-Mashinani ortiqcha yuklamang.

-Ushbu talabga amal qilmaslik uning buzilishi yoki kiyimlarning so'tilishiga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda kranni yopib qo’ying.

-Suv quyish shlangi ulovchisidagi vintlarning tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil qiling.

-Ushbu talabga amal qilmaslik mulklarning shikastlanishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Rezina zichlagich va old eshik oynasida begona narsalarning (masalan, mato parchalari, iplar, soch va xokazo) yo’qligiga ishonch hosil qiling.

- Agar eshik mahkam yopilmasa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.

Yonib ketish yoki portlash xavfini kamaytirish uchun:

-Ma’lum sharoitlarda bunday isitgichlar ikki hafta yoki undan ko’proq muddat davomida foydalanilmagan hollarda sizning issiq suv isitgichingiz kabi issiq suvli tizimlarda vodorod hosil bo’lishi mumkin. VODOROD – BU PORTLOVCHAN GAZ. Agar issiq suv tizimingizdan ikki hafta yoki undan ko’proq muddat foydalanilmagan bo’lsa, kir yuvish mashinasidan foydalanishdan avval uyingizdagi barcha issiq suv kranlarini ochib qo’ying va suvni bir necha daqiqa oqizib qo’ying. Bu barcha hosil bo’lgan vodorodning chiqib ketishiga imkon beradi. Bu vaqt ichida chekish va ochiq ko’rinishdagi olov yoqmaslik kerak, chunki vodorod portlovchan gaz hisoblanadi.

ehtiyotkorlik choralari _11

WF0400N2-02876C-13_UZ.indd 11

2014/8/25 10:54:21

Page 143
Image 143
Samsung WF0408N2N/YLP, WF0400N2N/YLP manual DIQQAT! Foydalanishga OID Ogohlantiruvchi MA’LUMOTLAR