Kir yuvish rejimini qo’lda o’rnatish

Sikllar ulagichini ishlatmasdan kir yuvish rejimini qo’lda o’rnatish mumkin.

1.Vodoprovod jo’mragini oching.

2.Kir yuvish mashinasida Yoqish tugmasini bosing.

3.Eshikni oching.

4.Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari yuklanishiga yo’l qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.

5.Eshikni yoping.

6.Tegishli bo’lmalarga kir yuvish vositasi, kir konditsioneri va dastlabki kir yuvish vositalarni yuklab qo’ying.

7.Kir yuvish haroratini tanlash uchun Harorat tugmasini bosing. ( (Sovuq: Hamma indikatorlar o’chiq) , 30 °C, 40 °C, 60 °C, 95 °C)

8.Qo’shimcha chayish uchun Optsiya tugmasini bosing va shunda chayish jarayoni uzaytiriladi. Kir yuvish davomiyligi tegishli ravishda oshadi.

9.Siqish tezligini tanlash uchun Siqish tugmasini bosing.

Chayishni to’xtatib turish funktsiyasini tanlaganda kir mashinasidan ho’l bo’lgan

buyumlarni chiqarib olish mumkin. ( : siqishsiz (Hamma indikatorlar o’chiq): chayishni to’xtatib turish)

10.Kir yuvishni kechiktirish mavjud bo’lgan variantlarni tanlash uchun Kechiktirish tugmasini bir necha marta bosing (bir soat oralig’i bilan 3 soatdan 19 soatgacha). Aks etuvchi vaqt kir yuvishning tugash vaqtini belgilaydi.

11.Kir yuvish siklni ishga tushirish uchun Start/Pauza tugmasini bosing.

KIR YUVISH BO’YICHA YO’RIQNOMA

Eng yuqori tozalikka va kir yuvishning eng yuqori natijalariga erishish uchun ushbu oddiy yo’riqlarga rioya qiling.

Kir yuvishdan oldin har doim yorliqdagi belgilarga muvofiq matoning parvarishlash xususiyatlarini tekshiring.

Kirni quyidagi mezonlarga muvofiq saralang va yuving.

Parvarishlash bo’yicha yo’riqnoma yorlig’i: kirni paxta, aralash mato, sintetika, shoyi, jun va viskozadan tayyorlangan narsalarga saralang.

Rang: rangli narsalarni oq narsalardan ajrating. Yangi rangli narsalarni alohida yuving.

O’lcham: bitta siklga o’lchami bo’yicha turli narsalarni yuklash yanada samarali kir yuvishni ta’minlaydi.

Sezuvchanlik: yangi junli narsalar, pardalar va shoyi matolar uchun “Nozik” kir yuvish siklidan foydalanib, nozik matoli narsalarni alohida yuving. Kir yuvish uchun mo’ljallangan narsalarning yorlig’idagi belgilariga yoki ilovadagi matoni parvarishlash bo’yicha axborotga qarang.

Cho’ntaklarni tekshirish

Har bir kir yuvishdan oldin cho’ntaklarni bo’shating. Tanga, pichoq, to’g’nagich va qog’oz uchun qisqichlar kabi kichikroq, qattiq va usli jasmlar borligi kir yuvish mashinasining shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Katta to’qali, tugmali yoki boshqa metalldan yasalgan narsali kirlarni yuvmang.

Kiyimdagi metall elementlari kiyimga va bakka zarar yetkazishi mumkin. Tugmachali va kashtali kiyimlarni yuvishdan oldin teskarisini ag’daring. Agar kir yuvish vaqtida shim va kurtkalarning molniyalari ochiq bo’lsa, ular barabanga, rezina zichlagichiga, eshik oynasiga hamda boshqa kiyimlarga zarar yetkazishi mumkin.

Kir yuvishdan oldin molniyalar yopilgan va bog’ich yordamida mahkamlangan bo’lishi kerak. Uzun bog’ichli kiyim kiyimnig boshqa elementlari bilan chuvalashib ketishi mumkin, bu esa ularga zarar yetkazilishiga olib kelishi mumkin. Kir yuvishdan oldin bog’ichlar mahkamlanganligini tekshiring.

Paxtadan tayyorlangan narsalarni dastlabki yuvish

Kir yuvish mashinasi zamonaviy kir yuvish vositalaridan foydalanganda, elektr quvvati, vaqt, suv va kir yuvish uchun vositalarni tejab kir yuvishning ajoyib natijalarini ta’minlaydi. Biroq, agar paxtadan tayyorlangan narsalar juda ifloslangan bo’lsa, ularni yuvish uchun oqsillar asosidagi kir yuvish uchun vositasi bilan dastlabki kir yuvish dasturidan foydalaning

kir yuvish _27

kiryuvish02

WF1702WC-03056B-15_UZ.indd 27

2014/8/12 17:20:05

Page 159
Image 159
Samsung WF1702WCC/YLP manual Kir yuvish rejimini qo’lda o’rnatish, Paxtadan tayyorlangan narsalarni dastlabki yuvish