• “Kir yuvishni kechiktirish” funksiyasi

Kir yuvish siklini bir soatli qadamlar bilan 19 soatgacha kechiktirishga imkon beradi, bu esa ayniqsa uydan biror yerda ketishga to’g’ri kelgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanish qulayligini yanada oshiradi.

• Keramik isitish elementi uzoq vaqt foydalanishni ta’minlaydi va elektr energiyasi harajatlarini kamaytiradi (ayrim modellarda)

Biz tomonimizdan yaratilgan keramik isitish elementi oddiy isitish elementlariga nisbatan ikki barobar uzoqroq xizmat qiladi.

Natijada ta’mirlash harajatlari kamayadi. Bundan tashqari suvning qattiqlik koeffitsienti kamayadi va elektr energiyasi tejab qolinadi.

• Keng eshikcha

Qulay ko’rish uchu katta diametrdagi eshikcha! Yuklanish va kirlarni, ayniqsa yirik kirlar, masalan, choyshablar, sochiq kabilarni chiqarib olishni osonlashtiradi.

Ushbu qo’llanmada yangi Samsung kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Unda siz boshqaruv panelining bayoni, kir yuvish mashinasidan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar va eng yangi imkoniyatlar va funksiyalardan foydalanish bo’yicha maslahatlarni topasiz. 33-sahifadagi “Nosozliklarni qidirib topish va bartaraf qilish va axborot kodlari” bo’limida yangi kir yuvish mashinasidagi nosozliklarni barataraf qilish bo’yicha maslahatlar keltirilgan.

yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari _3

WF1702WC-03056B-15_UZ.indd 3

2014/8/12 17:20:00

Page 135
Image 135
Samsung WF1602WCC/YLP, WF1700WCW/YLP, WF1600WCW/YLP, WF-M602WCC/YLP manual Kir yuvishni kechiktirish funksiyasi, Keng eshikcha