xavfsizlik to'g'risida ma'lumotlar

Yangi Samsung ActivFresh™ kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Ushbu qo'llanmada kir yuvish mashinangizni o'rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo'yicha muhim ma'lumotlar beriladi. Iltimos, kir yuvish mashinangizning ko'pgina afzalliklari va imkoniyatlaridan to'liq darajada foydalanish uchun ushbu qo'llanmani o'qib chiqing.

TEXNIKA XAVFSIZLIGI KO'RSATMALARI TO'G'RISIDA MUHIM MA'LUMOTLAR

Iltimos, yangi kir yuvish mashinangizning ko'pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda boshqarishni bilish uchun ushbu qo'llanmani diqqat bulan o'qib chiqing va uni jihoz yaqiniga saqlab qo'ying. Jihozdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan undan foydalanish uchun mo'ljallangan maqsadlardagina foydalaning.

Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Qurilmani o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan foydalanishda foydalanuvchi sog'lom fikr bilan ish ko'rishi, e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishi kerak.

Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo'lganligi uchun kir yuvish mashinangizning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi belgilar ham sizning mashinangizga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo'lsa, eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan ma'lumotlar oling.

MUHIM XAVFSIZLIK BELGILARI VA EHTIYOT CHORALARI

Ushbu foydalanuvchi qo'llanmasida foydalaniladigan belgilar va ramzlar quyidagi ma'nolarni bildiradi:

 

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jiddiy jarohat

OGOHLANTIRISH

olish, o'lim va/yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.

 

 

 

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jarohat olish va/

DIQQAT

yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.

 

 

Mashinadan foydalanayotganda yong'in chiqishi, portlash, tok urishi yoki jarohat olish

DIQQAT

xavfini kamaytirish uchun quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:

 

 

 

Kuch ISHLATMANG.Qismlarga AJRATMANG.TEGMANG.Ko'rsatmalarga qat'iy amal qiling.Elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

Elektr toki urishini oldini olish uchun mashinaning yerga ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Yordam olish uchun xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.Eslatma

Ushbu ogohlantiruvchi belgilar siz va boshqalarning shikastlanishining oldini olish uchun keltirilgan. Iltimos, ularga qat'iy amal qiling.

Bu bo'limni o'qib chiqqach, keyinchalik foydalanish uchun ishonchli joyga qo'yib qo'ying.

Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko'rsatmalarni o'qib chiqing.

Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy xatarlar mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing va undan foydalanganda xavfsizlik choralariga amal qiling.

O‘zbek - 3

Aegis Flat-DC68-03327J-01_UZ.indd Bo‘lim2:3

2015-12-24 ￿￿ 1:33:38