xavfsizlik to'g'risida ma'lumotlar

DIQQAT ISHLATISHDAGI EHTIYOT BELGILARI

Kir yuvish mashinasi kir yuvish vositasi, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona buyumlar bilan ifloslangan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing va nam, yumshoq latta bilan kir yuvish mashinasini tozalang.

-Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning o'chishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan chiqishi yoki zanglashiga olib kelishi mumkin.

Kuchli zarba ta'sirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda ehtiyot bo'ling. - Oynaning sinishi jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.

Suv quyish to'xtatilgandan keyin yoki suv quyish shlangini qaytadan ulashda kranni asta-sekinlik bilan oching. Agar uzoq vaqt davomida mashinadan foydalanilmagan bo'lsa, kranni asta-sekinlik bilan oching.

-Suv quyish shlangi yoki vodoporvod quvuridagi havo bosimi mahsulot qismlarini shikastlashi yoki suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Ishlash vaqtida oqava xatoligi sodir bo'lsa, oqava tizimida muammo borligini tekshiring.

-Agar kir yuvish mashinasidan oqava muammosi tufayli suv tekkan holda foydalanilsa, tok yoyilgani sababli bu tok urishi yoki yong'inga sabab bo'lishi mumkin.

Yuviladigan kirlarni ular kir yuvish mashinasining eshigiga turib qolmaydigan tarzda to'laligicha kir yuvish mashinasining ichiga joylashtiring.

-Agar yuviladigan kir mashina eshigiga tiqilib qolsa, u shikastlanishi, kir yuvish mashinasi ishdan chiqishi yoki suvning chiqib ketishi sodir bo'lishi mumkin.

Mashina ishlatilmayotganida kran o'chirib qo'yilsin.

-Suv quyish shlangi ulovchisidagi vintning tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil qiling.

-Ushbu talabga amal qilmaslik mulklarning shikastlanishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Rezina qistirmada yot jismlar (chiqindi, iplar va hk) yo'qligini tekshiring. - Eshik zichlab yopilmagan bo'lsa, suv sizib chiqishi mumkin.

Mashinadan foydalanishdan avval kranni oching va suv quyish shlangi ulovchisining mahkam biriktirilganligi va suvning oqib chiqmasligini tekshiring.

-Agar suv quyish shlangi ulovchisi vintlari bo'shab qolgan bo'lsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Siz xarid qilgan kir yuvish mashinasi faqat uyda foydalanish uchun mo'ljallangan.

Mahsulotdan tijoriy maqsadlarda foydalanish maqsadga muvofiq emas.

Bunday hollarda, kir yuvish mashinasiga nisbatan Samsung tomonidan beriladigan kafolat qo'llanilmaydi va bunday noto'g'ri foydalanish natijasidagi nosozliklar yoki shikastlanishlar uchun javobgarlikni Samsung zimmasiga yuklab bo'lmaydi.

Qurilmaning ustiga chiqmang yoki qurilma ustiga buyumlarni (yuviladigan kirlar, yoqilgan shamlar, yoqilgan sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar kabilar) qo'ymang.

- Bu tok urishi, yong'in chiqishi, mahsulot bilan bog'liq muammolar yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Qurilma sirtiga insektitsid kabi tez bug'lanuvchi materiallarni sepmang.

-Odam uchun xavfli bo'lishi bilan bir paytda, bu tok urishi, yong'in yoki mahsulot bilan bog'liq muammolarga olib kelishi ham mumkin.

Mashina yaqiniga elektromagnit maydon hosil qiluvchi buyumni qo'ymang. - Bu noto'g'ri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Yuqori haroratli yuvish yoki quritish rejimida suv qaynoq bo'lgani sababli, suvga teginmang.

-Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.

O‘zbek - 8

Aegis Flat-DC68-03327J-01_UZ.indd Bo‘lim2:8

2015-12-24 ￿￿ 1:33:39

Page 88
Image 88
Samsung WF8590NLW9DYLD manual Diqqat Ishlatishdagi Ehtiyot Belgilari