Oqava

Samsung 18 in (46 sm) balandlikdagi vertikal quvurni tavsiya etadi. Oqava shlangi qisqich orqali vertika quvur tomonga yo'naltirilishi kerak. Suv chiqarish trubasi suv quyish shlangining tashqi diametriga mos kelishi uchun yetarli darajadagi katta diametrga ega bo'lishi kerak. Suv quyish shlangi zavodda biriktiriladi.

Pol qoplamasi

Kir yuvish mashinasi samarali ishlashi uchun u yaxlit polga o'rnatilishi kerak. Tebranishlarni va/yoki muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish uchun yog'och pollarni mustahkamlash talab qilinishi mumkin. Gilam qoplamalar va kafelli pollar tebranishlarning vujudga kelishiga ko'maklashadi, bunda siqish rejimida kir yuvish mashinasining ozgina siljishga moyilligi kuzatiladi.

Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki noturg'un sirtlarga o'rnatmang.

Atrof-muhit harorati

Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang, chunki suv mashinasining klapanlari, nasoslari va/yoki shlanglarida doimo ma'lum miqdorda suv qoladi. Quvurlardagi muzlagan suv tasmalar, nasos va boshqa qismlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Tokcha yoki shkafga o'rnatish

Kir yuvish mashinasi xavfsiz tarzda va to'g'ri ishlashi uchun uni o'rnatishda quyidagi minimal oraliqlar qoldirish kerak:

Yon tomonlarda – 25 mm

Orqada – 51 mm

Tepada – 25 mm

Oldida – 465 mm

Agar kir yuvish mashinasi va quritgich birga o'rnatilsa, tokcha yoki bo'lmaning old tomonida kamida 465 mm bo'lgan, to'siqsiz havo kirish tirqishiga ega bo'lishi kerak. Kir yuvish mashinasining o'zi uchun hech qanday maxsus havo kirish tirqishi talab qilinmaydi.

KIR YUVISH MASHINASINI O'RNATISH

1-BOSQICH

Joylashuvni tanlash

Kir yuvish mashinasini o'rnatishdan avval o'rnatiladigan joyning quyidagi talablarga javob berishiga ishonch hosil qiling:

Gilam yoki havo almashishiga to'sqinlik qilishi mumkin qoplamaga ega bo'lmagan qattiq, tekis sirtning mavjudligi

To'g'ridan-to'g'ri tushadigan quyosh nurlaridan himoyalanganligi

Yetarli darajadagi havo almashishiga egaligi

Muzlamasligi (32 ˚F yoki 0 ˚C dan past)

Moyli yoki gaz isitgichlar kabi issiqlik manbalaridan uzoqda joylashganligi

Elektr manbaiga ulash kabeli kir yuvish mashinasining tagidan o'tmasligi uchun yetarli darajadagi joyning mavjudligi

O‘zbek - 13

01 SOZLASH

Aegis Flat-DC68-03327J-01_UZ.indd Bo‘lim4:13

2015-12-24 ￿￿ 1:33:40

Page 93
Image 93
Samsung WF8590NLW9DYLD manual KIR Yuvish Mashinasini Ornatish