OGOHLANTIRISH

Suv oqib chiqishi yuz bergan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanishni to'xtating va mahalliy Samsung xizmat ko'ratish markaziga murojaat qiling. Aks holda bu elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Suv ta'minoti shlangini kuch bilan tortmang. Agar shlang juda qisqa bo'lsa, shlangni uzunroq, yuqori bosimli shlang bilan almashtiring.

IZOH

Suv quyish shlangini adapterga ulaganingizdan keyin shlangni pastga tortgan holda uning to'g'ri ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Suv kranlarining keng tarqalgan turidan foydalaning. Kran to'rtburchak shaklga yoki haddan tashqari katta diametrga ega bo'lgan hollarda kranni adapterga birlashtirishdan avval oraliq halqani chiqarib oling.

Qo’shimcha issiq suv kirish tirqishiga ega bo’lgan modellar uchun:

1. Suv ta'minoti shlangining qizil rangli uchini kir yuvish mashinasining orqa panelidagi issiq suv kiritish klapaniga ulang.

2. Issiq suv ta'minoti shlangining boshqa uchini issiq suv kraniga ulang.

Akva shlangi (faqat qo’llaniladigan modellar)

Akva shlangi foydalanuvchilarni suv oqib chiqishi xatari to'g'risida ogohlantiradi. U suv oqishini sezadi va suv oqib chiqishi yuz bergan hollarda (A) indikatorining markazida qizil yonadi.

A

O’zbekcha  21

O’rnatish

WW70K6210RW_DC68-03676P-01_UZ.indd 21

2017/3/2 20:23:07

Page 133
Image 133
Samsung WW80K6210RW/LP, WW70K6210RW/LP manual Akva shlangi faqat qo’llaniladigan modellar