Texnik xizmat ko’rsatish

Texnik xizmat ko’rsatish

Smart Check (Aqlli tekshiruv)

Bu funksiyani yoqish uchun avval Play Store yoki App Store-da Samsung Smart Washer-ni yuklab olib, kamerasi bor mobil qurilmaga o’rnating.

Smart Check (Aqlli tekshiruv) funksiyasi quyidagilar uchun optimallashtirilgan:

Galaxy va iPhone seriyalari (Faqat qo’llaniladigan modellar).

1.Отжим (Siqish) va Опции (Opsiyalar) tugmasini 3 soniya baravar bosib turib Smart Check rejimiga kirasiz.

2.Kir yuvish mashinasi o’zini o'zi tekshiradi, agar muammo topilsa, xato kodini ko’rsatadi.

3.Mobil qurilmangizda Samsung Smart Washer ilovasini ishga tushiring va Smart Check (Aqlli tekshiruv) tugmasini bosing.

4.Mobil qurilmani kir yuvish mashinasining ekraniga yaqin olib boring, bunda mobil qurilma bilan kir yuvish mashinasi yuzma-yuz holatda bo'lishi lozim. So'ng xato kodi avtomatik ravishda ilova tomonidan aniqlanadi.

5.Xato kodi to’g’ri aniqlanganida, ilova xato haqida batafsil ma’lumot va uni bartaraf etish choralarini ko’rsatadi.

IZOH

Mashina yoqilgandan so‘ng biror tugma bosilgach yoki mashina boshqarilgach, Smart Check (Aqlli tekshiruv) rejimi o‘chadi.

Funksiya nomi uchun, Smart Check (Aqlli tekshiruv), tilga qarab farq qilishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinasi ekranida yorug'lik akslansa, ilova xato kodini aniqlay olmasligi mumkin.

Agar ilova Smart Check (Aqlli tekshiruv) kodini ketma-ket aniqlay olmasa, xato kodini ilova ekraniga qo'lda kiriting.

38  O’zbekcha

WW70K6210RW_DC68-03676P-01_UZ.indd 38

2017/3/2 20:23:15

Page 150
Image 150
Samsung WW70K6210RW/LP, WW80K6210RW/LP manual Smart Check Aqlli tekshiruv