Ishlatish amallari

Sozlanmalar

Ishlatish amallari

Bolalardan himoya qulfi

Bolalar tomonidan sodir etiladigan ko'ngilsiz hodisalarni oldini olish uchun Bolalardan himoya qulfi barcha tugmalarni qulflaydi, faqat Quvvat tugmasidan tashqari.

Bolalardan himoya qulfi funksiyasini o'rnatish uchun Температура (Harorat) va Полоскание (Chayish) tugmalarni birgalikda 3 soniya bosib turing. Faollashtirish uchun Boshlash/To'xtatishni bosing.

Boshlash/To'xtatish tugmasini bosishdan oldin mashina eshigini ochishingiz yoki tegishli tugmalarni bosgan holda sozlanmalarni o'zgartirishingiz mumkin. Ammo kir yuvish mashinasini ishga tushirish uchun Boshlash/ To'xtatish tugmasini bosgandan so'ng, Bolalardan himoya qulfi faollashadi.

Bolalardan himoya qulfi vaqtincha faolsizlashtirish Eshikni oching va Температура (Harorat) va Полоскание (Chayish) tugmalarni birgalikda 3 soniya bosib turing. Bolalardan himoya qulfi funksiyasi 1 daqiqa vaqtinchalik faolsizlanadi va indikator miltillaydi. Bu vaqtda, misol uchun, keyingi 2 daqiqa ichida kirlarni solib, eshikni yopasiz. Aks holda, mashina yana 2 daqiqa uchun ogohlantirish tovushini beradi. Eshikni yopgandan so'ng, Bolalardan himoya qulfi qayta faollashadi va indikator yonadi.

IZOH

Agar bolalardan himoya qulfi yoqilgan bo'lganda kir yuvish vositasi yoki qo'shimcha kir solish yoki sozlanmalarni o'zgartirish kerak bo'lsa, avval bolalardan himoya qulfini faolsizlashtirishi kerak.

Bolalardan himoya qulfini bekor qilish Температура (Harorat) va Полоскание (Chayish) tugmalarni birgalikda 6 soniya bosib turing. Yoki agar bolalardan himoya qulfi vaqtincha faolsizlangan bo‘lsa, Температура (Harorat) va Полоскание (Chayish) tugmalarni birgalikda 3 soniya bosib turing.

Tovush yoq./o'ch.

Tugmani yoqish yoki o'chirish holatiga sozlash mumkin. Mashinani qayta ishga tushirgandan so'ng, soz belgilagan sozlama o'z kuchida qoladi.

Tovushni o'chirish yoki yoqish uchun Полоскание (Chayish) va Отжим (Siqish) tugmalarini birgalikda 3 soniya bosib turing.

Tovushni tiklash uchun yana shu tugmalarni 3 soniya bosib turing.

36  O’zbekcha

WW70K6210RW_DC68-03676P-01_UZ.indd 36

2017/3/2 20:23:15

Page 148
Image 148
Samsung WW70K6210RW/LP, WW80K6210RW/LP manual Sozlanmalar, Bolalardan himoya qulfi, Tovush yoq./och