muhit

AVTOMATIK ELEKTR ENERGIYASINI TEJASH FUNKSIYASI

Agar moslama sozlashning o'rtasida yoki vaqtinchalik to'xtash holatida ishlayotgan bo'lganda hech qanday funksiyani tanlamasangiz, funksiya bekor qilinadi va soat 10 daqiqadan keyin ko'rsatiladi.

Chiroq: Tayyorlash jarayoni davomida siz "Oven light (Pech chirog'i)" tugmachasini bosish orqali pech lampasini o'chirishingiz mumkin. Quvvatlarni tejash uchun tayyorlash dasturi boshlangandan keyin pech chirog'i bir necha marta o'chadi.

ENERGIYANI TEJASH BO'YICHA MASLAHAT

Taom tayyorlash paytida, pechka eshigi yopilgan bo'lishi kerak taomni aylantirib qo'yish uchun ochish, bundan mustasno. Pechka ichidagi haroratni tushirib yubormaslik uchun, iltimos, eshikni tez-tez ochmang, shunda energiya va vaqtingizni tejaysiz.

Agar pishirish vaqti 30 daqiqadan ortiq bo'lsa, siz pechkani pishirish vaqti tugashidan 5-10 daqiqa avval pishirish vaqti va energiyani tejash uchun o'chirib qo'yishingiz mumkin. Ichida qolgan issiqlik pishirish jarayonini nihoyasiga yetkazib qo'yadi.

Bitta pishirishni nihoyasiga yetkazganingizdan so'ng, ikkinchi pishirishni davom ettirish uchun, pechka sovimasdan taomni qo'ysangiz, pechkani qaytadan isitish uchun sarflanadigan energiya va vaqtni tejaysiz.

USHBU MASHINANI TO'G'RI CHIQITGA CHIQARISH (ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)

Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.

Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.

Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.

03MUHIT

O'zbek - 11

Neo Lite_NV70H3340BS_WT_DG68-00591B-01_UZ.indd 11

2014-07-16 ￿￿ 4:37:59

Page 101
Image 101
Samsung NV70H3340BS/WT manual Muhit, Avtomatik Elektr Energiyasini Tejash Funksiyasi, Energiyani Tejash Boyicha Maslahat