Pechning old tomondan tashqarisi, jumladan dasta modeldan modelga farq qiladi. Biroq rasmdagi pechning o'lchamlari bir xil.

ESHIKNI OLISH

Oddiy foydalanish maqsadlarida pech eshigi olib qo'yilmasligi kerak, biroq, masalan, tozalash maqsadlari uchun eshikni olish zarur bo'lgan hollarda quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling.

OGOHLANTIRISH: Pech eshigi og'ir.

2

70

1

1.Eshikni oching va har ikkala ilmoqlardagi qisqichlarni to'liq oching.

2.Eshikni taxminan 70° ga yoping. Ikkala qo'llaringiz bilan pech eshigi yon tomonlarining o'rta qismidan mahkam ushlang va ilmoqlar olinishi mumkin bo'lgunicha tepaga ko'taring va torting.

3.Tozalagandan keyin eshikni biriktirish uchun 1 va 2-qadamlarni teskari tartibda bajaring. Har ikkala tomondagi ilmoqlarning qisqichlari yopilishi kerak.

ESHIK SHISHALARINI OLISH

Pech eshigi bir-biriga qarama-qarshi joylashtirilgan uchta shisha listlar bilan jihozlangan. Ushbu listlarni tozalash uchun olish mumkin.

1-oyna

1-oyna

2-oyna

1.Eshikning chap va o'ng tomonlaridagi har ikkala tugmachalarni bosing.

2.Qopqog'ini chiqaring va 1 va 2 shishani eshikdan chiqaring.

3.Eshik oynalarini tozalab bo'lganingizdan so'ng, oynalarni joyiga qo'yish uchun 1, 2-qadamlarni teskari tartibda qaytaring. Yuqoridagi rasmga qarab 1 va 2-oynalarning to'g'ri joylashtirilganligini tekshiring.

BIRIKTIRISH: 1-oynani joyiga o'rnatayotganingizda, oynaning narsa yozilgan yuzasi ikkita oyna orasida bo'lishi kerak.

O'zbek - 10

Neo Lite_NV70H3340BS_WT_DG68-00591B-01_UZ.indd 10

2014-07-16 ￿￿ 4:37:59

Page 100
Image 100
Samsung NV70H3340BS/WT manual Ogohlantirish Pech eshigi ogir, Eshikni Olish, Eshik Shishalarini Olish