Bolalardan himoya qulfini ishlatish

Pishirish nuqtasini yoki yuzani bilmasdan yoqib qo'yishdan himoyalanish uchun bolalardan himoya qulfini ishlatishingiz mumkin. Bilmasdan (masalan, panelni latta bilan artishda) sozlamalarni o'zgartirib qo'ymaslik uchun boshqaruv panelini ham qulflab qo'yish mumkin, Yoq/O'ch tugmasi sensoridan tashqari (faqat o‘chirib qo‘yish).

Bolalardan himoya qulfini yoqish/o'chirish

1.Qulf tugmasi sensorini 3 soniya bosib

turing.

Tasdiq sifatida tovushli signal beriladi.

2.Har qanday tugma sensoriga bosing.

Displeylarda ko'rsatiladi, bu bolalardan himoya qulfi ishga tushganini bildiradi.

3. Bolalardan himoyani o‘chirish uchun Qulf tugmasi sensorini yana 3 soniya bosib turing. Tasdiq sifatida tovushli signal beriladi.

IZOH

Jihoz yoniq yoki o‘chiqligidan qat’i nazar, bolalardan himoya yoniq qoladi.

IZOH

Pishirish paytida Qulf tugmasini ishlatish mumkin. Bu holda konforkani o‘chirish uchun qulfni o‘chirish yoki Quvvatni O‘CH tugmasini ishlatishingiz kerak.

Taymer (teskari sanoq)

Taymerni xavfsizlik o'chirgichi sifatida ishlatish:

Pishirish nuqtasi uchun muayyan vaqt belgilangan bo'lsa, bu vaqt o'tganidan so'ng nuqta o'z-o'zidan o'chadi. Bu funksiyani birnechta pishirish nuqtalarida bir vaqtning o'zida ishlatish mumkin.

Xavfsizlik o'chirgichini qo'yish

Xavfsizlik o'chirgichini qo'ymoqchi bo'lgan pishirish nuqtalari yoqilgan bo'lishi kerak.

1.Yoqilgach, tegishli pishirish nuqtasini

bosib, o'sha nuqta displeyida o'chib- yonuvchi signalni ishga tushiring.

2.Taymerni boshqarish sensorini bosing.

Taymer displeyi tepasida 10 raqami ko'rsatiladi.

IZOH

Taymerning odatiy qiymati 10 bo‘ladi.

3.Kerakli vaqtni qo'yish uchun

Taymer sozlamasi sensorini ( yoki ) ishlating, masalan 15 daqiqa qo‘yilsa, bu vaqtdan so'ng pishirish nuqtasi o'z-o'zidan o'chadi. Xavfsizlik o'chirgichi faollashdi.

IZOH

Taymerni 1 dan 99 gacha qo‘yish mumkin.

O'zbek  19

Plitadan foydalanish

NZ64K7757BK_WT_DG68-00791A-01_RU+UK+KK+UZ.indb 19

2017-02-06 ￿￿ 3:07:38

Page 115
Image 115
Samsung NZ64K7757BK/WT manual Bolalardan himoya qulfini ishlatish, Taymer teskari sanoq