Mos keladigan idishni ishlatish

Yaxshi tovalardan yaxshi natija chiqadi.

Yaxshi tovalarni tagidan bilsa bo'ladi. Tagi iloji boricha qalin hamda tekis bo'lishi kerak.

Yangi tova olayotganda, tagining diametriga e'tibor qiling. Ishlab chiqaruvchilar odatda idish gardishining diametrini ko'rsatadi.

Tagi shikastlangan, qo'pol chekkali yoki g'udurli tovalarni ishlatmang. Bunaqangi tovalar yuzada sirpanganda tirnab tashlaydi.

Sovuq bo'lganida, tova tagi odatda ozgina ichkariga kirgan (botiq) bo'ladi. Tashqariga bo'rtib chiqqani (qavariq) to'g'ri kelmaydi.

Agar maxsus turdagi tova, masalan tezqaynar qozon, isitish uchun tova yoki vok (tagi bo'rtib chiqqan chuqur tova) ishlatmoqchi bo'lsangiz, ishlab chiqaruvchining yo'riqnomalarini ko'rib chiqing.

Quvvatni tejashga oid maslahatlar

IZOH

Quyidagi bandlarga rioya qilsangiz, qimmatli energiyani tejashingiz mumkin.

• Pishirish nuqtasini yoqishdan oldin qozoncha va tovalarni joylashtirib qo'ying.

• Pishirish nuqtalari va tova tagi kirlangan bo'lsa, ko'proq quvvat iste'mol qiladi.

• Iloji bo'lganida qozon va tova qopqoqlarini zichlab yoping.

• Qoldiq issiqlik bilan taomlarni issiq saqlash yoki muzdan tushirish uchun nuqtani vaqt tugashidan ertaroq o'chiring.

IZOH

Bitta idishni chap va o‘ng pishirish nuqtalarida birga ishlatmang.

Sensorli boshqaruv tugmalaridan foydalanish

Sensorli boshqaruv tugmalarini ishlatish uchun tegishli displey yongunicha yoki o'chgunicha, yoki kerakli funksiya ishga tushgunicha tegishli panelni barmog'ingiz bilan teging.

Jihozni ishlatayotganda faqat bitta sensorli panelga tegayotganligingizga amin bo'ling. Barmog'ingiz panelda yoyilib ketsa, qo'shni sensor ham ishga tushib ketishi mumkin.

Jihozni yoqish

Qurilma Yoq/O'ch tugmasi sensori yordamida yoqiladi.

Yoq/O'ch tugmasi sensorini taxminan 1~2 soniya bosib turing.

Raqamli ekranda ko‘rinadi.

IZOH

 

Jihozni yoqish uchun Yoq/O'ch tugmasi

sensori ishlatilgach, taxminan 20 soniya

ichida isitish sozlamasi tanlanishi kerak. Aks holda, xavfsizlik maqsadida, jihoz o'z-o'zidan o'chadi.

O'zbek  17

Plitadan foydalanish

NZ64K7757BK_WT_DG68-00791A-01_RU+UK+KK+UZ.indb 17

2017-02-06 ￿￿ 3:07:37

Page 113
Image 113
Samsung NZ64K7757BK/WT manual Mos keladigan idishni ishlatish, Sensorli boshqaruv tugmalaridan foydalanish, Jihozni yoqish